Tushda sharob | Тушда шароб

SHAROB (NABIZ) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi sharob jang va xusumat orqali qo‘lga kiradigan harom moldir. Tushida sharobga g‘arq bo‘lganini ko‘rsa, katta fitnaga duchor bo‘lishiga dalildir. Tushida o‘z uyida sharobning ko‘p ekanini ko‘rsa, uning mikdoricha birorta dehqon foyda ko‘radi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida sharob ichib, mast bo‘lganini ko‘rsa, unga xavf va qo‘rqinch yuz berishiga dalildir.
Tushida boshqalar bilan birga sharob ichganini ko‘rsa, ichgan sharobining mikdoriga muvofiq jang va xusumatga duchor bo‘ladi. Tushida arikda yoki anhorda sharob oqayotganini va u esa sharob ichida suzayotganini ko‘rsa, fitnaga duchor bo‘ladi. Agar qo‘lida sharob piyolasi borligini va uni xodimi olib qo‘yganini ko‘rsa, dunyo maishati uchun jang va janjal qilishiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida suv aralashtirilgan sharobni ichayotganini ko‘rsa, ba’zisi halol va ba’zisi harom bo‘lgan mol topishiga dalildir. Tushida sharob sotayotgannni ko‘rsa, molini shamolga sovurishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi sharob uch narsani bildiradi: yashirincha uylanishni; harom molni; bu olam ne’matini.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *