Tushda terlash | Тушда терлаш

TERLASH (ARAQ KARDAN) Har kim tushida badanida ter oqib chiqayotganini, xususan yerga tomib tushayotganini ko‘rsa, ter mikdoriga muvofiq ziyon tortishiga dalildir.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida kiyimi terdan ho‘l bo‘lganini ko‘rsa, uning mikdoricha oilaga mol xarj qilishiga dalildir. Agar tushida o‘zining terini o‘zi ichayotganini ko‘rsa, o‘z molini o‘zi yeyishiga dalildir. Agar teri oq bo‘lib, hidi xushbo‘y ekanini ko‘rsa, halol molga dalildir. Agar buning aksi bo‘lsa, harom molga dalil bo‘ladi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi terlash hojatning ravo bo‘lishiga dalildir. Agar tushida terlaganini ko‘rsa, hojati hosil bo‘lishiga dalildir. Agar bemor tushida terlaganini ko‘rsa, shifo topishiga dalildir.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *