Tushda xatna qilmoq | Тушда хатна килмок

XATNA QILMOQ (XATNA KARDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar tushida xatna qilganini ko‘rsa, gunohlardan poklovchi birorta sunnatni amalga oshirishiga dalildir. Agar xatna paytida o‘zidan qon ketganini tush ko‘rsa, o‘sha sunnatda sobit qadam bo‘lishini bildiradi va gunohlardan tavba qilishini bildiradi. Agar tushida xatna qilinayotganini va nazari xatnada ekanini ko‘rsa, unga ko‘pgina qayg‘u g‘amlar yetishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushida uni xatna qilganlarini ko‘rsa, gunohlardan pok bo‘lishiga dalildir. Agar xatna qilinmaganini tush ko‘rsa, musulmonlik va sunnat yo‘lini tashlab qo‘yganini bildiradi, lekin moli ziyoda bo‘ladi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushda xatna qilmoq besh narsaga dalildir: sunnatni bajo keltirmoqqa; farzandga; yaxshilikka; shodlikka; xotin va farzanddan judo bo‘lishga.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *