Tushda qoraqarg’a | Тушда коракарга

QORAQARG‘A (ZOG‘) Ibn Sirinning aytadiki, tushdagi qarg‘a fosiq, dini buzuq hamda ishlarda yolg‘on gapiruvchi kishiga dalildir. Tushida qarg‘ani tutib olganini yoki birov unga berganini ko‘rsa, yuqorida aytilgan sifatli kchshi bilan uchrashuvi va yomon ishlarga moyil bo‘lishiga dalildir. Agar qarg‘ani o‘ldirganini ko‘rsa, aytilgan sifatga ega bo‘lgan kishiga qahrini sochishiga dalil bo‘ladi. Agar bir joyda qarg‘alarning yig‘ilib turganini ko‘rsa, o‘sha yerda fosiqlar va o‘g‘rilar yig‘ilishiga dalildir. Agar qarg‘ani tutib olganini ko‘rsa, yaramas joydan birorta ne’mat topishiga dalildir.
Kirmoniy aytadiki, agar bitta qarg‘ani ko‘rsa kanizakka dalil bo‘ladi, agar ko‘pgina qarg‘alarni ko‘rsa, lashkarga dalil bo‘ladi. Agar qarg‘aning terisini shilib olganini ko‘rsa, musofir ayol bilan zino qilishiga dalildir. Agar qarg‘ani o‘ldirganini ko‘rsa, oilasiga biror musibat yetishiga dalildir. Agar qarg‘aning o‘zi bilan so‘zlashayotganini ko‘rsa, har xil voqealarday xabardor bo‘lishiga dalildir. Agar ko‘p qarg‘alarning osmondan uchib kelganini va o‘tib ketganini ko‘rsa, qarg‘alarning ko‘plik mikdoriga mos lashkar paydo bo‘lishiga dalildir.
Jobir aytadiki, agar o‘z ishtoni ichida qarg‘a hamda qirg‘ovulning paydo bo‘lib qolganini ko‘rsa, o‘z farzandi kanizagi bilan buzuqchilik qilishiga dalildir. Agar qarg‘ani davolayotganini ko‘rsa, o‘g‘ri odamga pandu nasihat qilishiga dalildir.
Agar qarg‘ani topib olsa va uni yashirib qo‘ysa, buzuq va yomon ishlarni qidiruvchi bo‘lishiga dalildir. Agar qarg‘a uning uyidan biror narsani tumshug‘i bilan olib chiqib ketayotganini ko‘rsa, birorta buzuq odam uning uyidan birorta narsani o‘g‘irlashiga dalildir.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

комментария 2

  1. Komola:

    Agar qargaga semichka yoki kofi donalarini bervotgan bolsachi qargani oqatlantrvotgan bosachi

  2. Abdumajid:

    Agar tushda qarg’a o’likni ustida o’likni yeb turganini ko’rsa va 1 soniyadan keyin qarg’a havoda uchip tursa va o’likdan vaqat 2panjasi va 2 oyog’kiyimi qolsa bu nimadan dalolat?

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *