Tushda yung | Тушда юнг

YUNG (PASHM) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida yungni ko‘rmoq qaysi jihatdan bo‘lmasin, halol mol va rizqu ro‘z bo‘ladi. To‘qilmagan yung yaxshiroq va sozrokdir. Agar yungga ega bo‘lganini yoki birov unga berganini yoki sotib olganini ko‘rsa, o‘sha yungning oz-ko‘pligiga qarab mol hosil bo‘ladi. Alloh ta’olo aytadi: . . . hamda (qo‘ylarniig) junlaridan, (tuyalarning) yunglaridan va (echkilarning) tivitlaridan ma’lum bir vaqtga qadar foydalaniladigan jihoz va matohlar (yaratdi) (Nahl surasi, 80-oyat).
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, yungni chiqarib tashlaganini ko‘rsa, molini tarqatib yuborishiga dalildir. Agar yungni kuydirayotganini ko‘rsa, o‘z molini sarflab bitirishini bildiradi. Agar jundan qilingan libos kiyganini ko‘rsa, xotin tomonidan mol hosil bo‘lishiga dalildir. Agar jundan qilingan libos yoki jundan qilingan kigizni sotib olganini ko‘rsa, badavlat xotin olishini bildiradi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushdagi jun ko‘pincha podshoh tomonidan molga dalildir. Ta’birchilarning aytishicha, merosni bildiradi.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *