APL. “Arsenal” safarda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 34-turida “Arsenal” 2-may, yakshanba kuni “Nyukasl” maydoniga safar qildi.

Uchrashuvning 5-daqiqasida Muhammad an-Nenni londonliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 66-daqiqada Pyer-Emerik Obameyang hisobni oshirdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Arsenal” ochkolarini 49 taga yetkazib olgan holda 9-o‘ringa ko‘tarildi. “Nyukasl” (36) esa 17-pog‘onada bormoqda.

Uchrashuvda urilgan gollar videosini bu yerda tomosha qilish mumkin — video.

Manba: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *