Avstraliyada olma terishga qodir robot yaratildi (video)

Avstraliyadagi Monash universiteti olimlari olma hosilini tez yig‘ishga yordam beradigan robotni yaratdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Qurilma algoritmlar asosida ishlaydigan maxsus kameralar bilan jihozlangan. Ular mevasi bor daraxtlarni skanerlaydi va to‘rtta “barmoq” hamda pnevmatik uzatmasi orqali olmani osonlikcha uzib oladi.

Uzilgan olma hech qanday shikast yetmagan holda bo‘lmaga tushadi.

Ta’kidlanishicha, robot daraxtdagi 90 foizdan ortig‘ini mevalarni bir soniyada “ko‘ra oladi”.

Hozirda qurilma sinovdan o‘tkazib bo‘lingan. Tajriba robot terilgan olmalarning 6 foiziga shikast yetkazganini ko‘rsatgan. Robot yarim tezlikda bitta olmani 12,6 soniyada tersa, to‘liq tezlikda buni yetti soniyada amalga oshiradi.

Avvalroq Guru IoT kompaniyasi uy hayvonlariga egasi yo‘qligida yordam beradigan Peddy roboti, Germaniyada esa xuddi insonlar kabi quchoqlashga qodir robot yaratilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Manba: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *