Bepoyon go‘zallik: Niderlandiyaning gullarga burkangan Kekenxof bog‘iga sayohat (foto)

Пример HTML-страницы

Lisse Niderlandiyaning dunyoga mashhur shaharlaridan biri hisoblanadi. Har yili bahor faslida sayohatchi va mehmonlar gullar maydonida kezish uchun mazkur shaharda joylashgan Kekenxof bog‘iga, tashrif buyuradi. Rang-barang gullarning kishini o‘ziga mahliyo etadigan suratlarini e’tiboringizga havola etamiz.

Odatda har yili mart oyida ochiladigan Kekenxof bog‘i iyun oyiga qadar ishlaydi.

Rangi va shakli turli bo‘lgan xilma-xil lolalarni uchratish imkoniyati bog‘ning o‘ziga xosligi sanaladi.

Kekenxofda nafaqat lolalar, balki atirgul, liliya (lolagullilarga mansub dekorativ o‘simlik), sunbul, nargis va gulsapsarlar singari gullar ham bor.

Maydoni 32 gektarni tashkil qoladigan bog‘ning tepadan qaragandagi go‘zalligini tasvirlashga til ojiz.

Koronavirus pandemiyasi sabab Kekenxof eshiklari ikki yil tashrif buyuruvchilar uchun yopiq bo‘ldi.

2021-yilning aprelida Niderlandiya hukumati pandemiya sharoitida ommaviy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha loyihani boshladi.

Unga binoan sport, madaniyat markazlari va ko‘ngilochar maskanlardan tashqari, Kekenxof bog‘i ham ochildi.

“Kekenxof ayni vaqtda gullarga burkangan. Biz tashrif buyuruvchilar bilan gullarimizning go‘zalligini bo‘lishishni istaymiz”, — deyiladi bog‘ning matbuot xizmati xabarida.

Koronavirus test natijasi salbiy chiqqan tashrif buyuruvchilar bog‘ga kirishi mumkin.

Bog‘ maydonidagi rang-barang gullar.

Источник: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.

error: Kechirasiz: Kontentlar himoyalangan !!