Instagram: Umid Haydarov “Million”dan nega ketdi? Blogerning ta’zirini bergan “GAI”, harbiy samolyotda parvoz qilgan xonandalar

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Shohruhxon yangi qo‘shig‘iga klip suratga oldirdi. Unda bosh rolni Sitora Farmonova ijro etgan.

Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova xeyterlariga murojaat qilib, ulardan yurakni kengroq qilishni so‘radi.

Sardor Toirov sahifasiga Bahrom Nazarov bilan tushgan suratini joylab, folloverlaridan suratga nom berishni so‘radi.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Akula” hajviy dasturida namoyish etilgan miniatyura ommalashmoqda. Unda YPX xodimining qonuniy talabini bajarmay, uni videoga olib tarqatadigan blogerning harakatlari kulgi ostiga olinadi.

Burak O‘zchivit muxlislariga yangi suratlarini taqdim etdi.

Davron Kabulov Umid Haydarovning “Million” kulgi jamoasini tark etgani sababiga izoh berdi. Kabulovning ta’kidlashicha, Umid Haydarov jamoaviy sahnalarda chiqish qilmasa-da, sahna ortida hamisha jamoa bilan birga bo‘ladi.

Sitora Alimjonova internetda munosabatlar soxtaligi haqida mulohaza yuritdi.

“Bravo” kulgi jamoasi vakili Otabek Mirzaxolov o‘g‘li bilan hajviya sahnalashtirib, uni o‘z sahifasiga joyladi. Mirzaxolovning folloverlari uning o‘g‘lining aktyorlik mahoratiga yuksak baho bermoqda.

Shirin Mamatova folloverlarini “Odamlar nima derkan?”, deb qo‘rqib o‘tirmaslikka chorlamoqda.

Rashid Xoliqov tug‘ilgan kunini hashamatli hovlisida nishonladi.

Luiza Rasulova shaxsiy brendi ostida qanday mahsulot ishlab chiqarilishini oshkor etmagan bo‘lsa-da, muxlislarini qiziqtirishda davom etmoqda.

Yulduz Usmonova o‘choqda marg‘iloncha shavla pishirdi.

Xonandalar Milena Madmusayeva va Lola Ahmedova Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu tashrifi munosabati bilan Buxoro shahrida uyushtirilgan konsert dasturidan so‘ng Toshkentga harbiy samolyotda uchib keldi.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *