Oq kofta o‘rniga eng maqbul tanlov: Bantli koftaning turli vaziyatga to‘g‘ri keladigan modellari (foto)

Bahor obrazlarni yangilash va yorqin ko‘rinish uchun ayni muddao. Bo‘yin qismida bant bor modellar esa ayollarni jozibali, shuningdek, bashang ko‘rsatadi.

Latofatli va shu bilan birga o‘ziga xos ko‘rinishni istaganlar bantli koftaning och pushti rangli variantiga e’tibor qaratgani yaxshi.

Kundalik obrazlar uchun esa keng yoqa va bantili bluzkani jinsi va oq poyabzal bilan kiygan ma’qul.

Qora bog‘ichli oq kofta esa shim, qomatni chiroyli ko‘rsatadigan sarafan bilan chiroyli turadi.

Yenglari rezinkali to‘q rangli modellar bilan birga esa charmdan tikilgan yubka va poshnali tufli kiyish tavsiya qilinadi.

Hammadan ajralib turishni istaydiganlar bantli koftaning keng bichilganlariga e’tibor qaratgani yaxshi.

Mayda gul printlari tushirilgan yashil kofta esa oddiy bichimli shimlar bilan moslash uchun ayni muddao.

Noodatiy ko‘rinishga ega bo‘lishni sevuvchilarga esa yeng qismi keng bluzka bilan erkin turadigan jinsi kiyish maslahat beriladi.

Tadbir va alohida uchrashuvlarga gul printi tushirilgan qora kofta bilan plissirovkali yubka, uchli tufli kiyib, ko‘ngildagidek obrazga ega bo‘lish mumkin.

Yengi kalta mayda xol-xol print tushirilgan bluzka bilan esa jinsi shorti kiyish, obrazni shlyapa va shippak bilan tugallash mumkin.

Источник: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *