“Real” 3 oydan beri yutqazmayapti. Madridliklar navbatdagi o‘yinini “Chelsi”ga qarshi o‘tkazadi

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasi 34-turidan o‘rin olgan “Real Madrid”—“Osasuna” uchrashuvi 1-may, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Madridda kechgan bahsda Zinedin Zidan jamoasi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga Eder Militao hamda Kazemiro mualliflik qildi. “Real” ketma-ket 19 ta o‘yindan beri mag‘lubiyat nimaligni bilmay kelmoqda. Jamoa so‘nggi bor 30-yanvarda “Levante”ga yutqazib qo‘ygandi (1:2).

O‘shandan beri “Real” 13 ta o‘yinda g‘alaba qozondi va 6 ta bahsda durang qayd etdi.

“Qirollik klubi” o‘zining navbatdagi o‘yinini 5-may kuni Chempionlar Ligasi yarim finali javob uchrashuvi doirasida “Chelsi”ga qarshi Londonda o‘tkazadi.

“Real”ning so‘nggi 19 ta o‘yindagi natijalari:

Manba: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *