Telegram’da may oyida guruh bo‘lib videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish funksiyasi paydo bo‘ladi

Telegram asoschisi Pavel Durov o‘zining kanali orqali may oyidan boshlab kompaniya ovozli chatlarga video qo‘shishini ma’lum qildi. Mazkur yangilik messenjerni “jamoaviy videoqo‘ng‘iroqlar uchun kuchli platformaga” aylantiradi.

Yangilangan ovozli chatga ekran va shovqin so‘ndirishdan birgalikda foydalanish funksiyasi qo‘shiladi. Durovning so‘zlariga ko‘ra, yangi funksiyalar qatoridan “Telegram darajasidagi interfeys, tezlik va shifrlashdan foydalangan holda zamonaviy videokonferensiya aloqalaridan kutish mumkin bo‘lgan barcha narsa” o‘rin oladi.

Durovning qo‘shimcha qilishicha, messenjer dasturchilari tez orada qo‘shiladigan videoqo‘ng‘iroqlarning veb-versiyasini testdan o‘tkazadi. Qo‘ng‘iroqlarni kompaniya messenjerning aprel oyida taqdim etilgan veb-versiyalarida (WebK va WebZ) sinab ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning avgustida Telegram’ning Android-versiyasida videoqo‘ng‘iroqlar funksiyasi paydo bo‘lgandi, dekabr esa Telegram ming kishilik ovozli chatlarni ishga tushirgan.

Manba: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *