Toshkentda daraxtga urilgan Lacetti’ning 25 yoshli haydovchisi vafot etdi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Lacetti ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi vafot etdi, deb xabar beradi IIBB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 29-aprel kuni soat 00:10 larda tumanning Amir Temur ko‘chasida J.R. ismli 25 yoshli Lacetti haydovchisi avtomobilda harakatlanayotib, ushbu ko‘chada joylashgan 107-uy ro‘parasiga yetgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘ldan chiqib ketib daraxtga urilgan.

Haydovchi avariya vaqtida olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentda to‘rtta avtomobil ishtirokida YTH yuz bergani, Sergelida Isuzu bilan to‘qnashgan Damas ag‘darilib ketgani, Toshkentda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 17 yoshli yigit boshqaruvidagi Nexia yuk avtomobiliga urilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Источник: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *