Volkswagen kompaniyasi 1-apreldagi omadsiz hazili sabab tergovga jalb etildi

Volkswagen kompaniyasi 1-aprelda o‘z nomini Voltswagen’ga o‘zgartirgani haqida hazil qilgandi. Endi esa avtomobil ishlab chiqaruvchi buning orqasidan jiddiy ko‘ngilsizliklarga duch kelishi mumkin. AQSh Qimmatli qog‘ozlar komissiyasi tergov boshladi: mutaxassislar kompaniyaning hazili uning aksiyalari qiymatiga ta’sir ko‘rsatgan yoki ko‘rsatmaganini aniqlashi lozim. Volkswagen qimmatli qog‘ozlar kotirovkasida manipulyatsiyani amalga oshirgani sabab jarimaga tortilishi mumkin, deb xabar beradi Motor.

Tergov ishlariga oid ma’lumotlar yo‘q. Der Spiegel’ning ma’lum qilishicha, Volkswagen’ning marka nomini o‘zgartirish borasida “qovun tushirgan” Amerikadagi vakolatxonasi ma’lumotlarni Qimmatli qog‘ozlar komissiyasiga topshirish va tergovga yordam ko‘rsatish bo‘yicha so‘rovni olgan.

Volkswagen kompaniyasi AQShda o‘z nomini Voltswagen’ga o‘zgartirayotgani to‘g‘risida xabar 2021-yilning 1-aprel kuni xorij OAVlarida keng tarqaldi. Ko‘pchilik bu kabi yurishga ishonmay, buni 1-aprel hazili deb atagan. Biroq 30-mart kuni Volkswagen of America saytida rostdan ham kompaniya rebrendingga tayyorligi to‘g‘risida ma’lumot paydo bo‘lgan: xuddiki markaning elektrokarlari Amerika bozorida Voltswagen markasi ostida sotiladi.

Reliz e’lon qilinganidan bir sutka o‘tgach, bu ID.4 elektrokari uchun e’tiborni jalb etishga qaratilgan marketing yurishi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Avtomobil ishlab chiqaruvchi “ortib tushganini”tan olib, kechirim so‘ragan.

Omadsiz hazil Volkswagen imidjiga ta’sir ko‘rsatgan va jamoatchilikning nemis avtomobil ishlab chiqaruvchiga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazgani aytilmoqda.

Источник: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *