Erondagi kimyoviy zavodda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Eronning Kum shahridagi kimyoviy zavodda yong‘in sodir bo‘ldi, deb yozadi “RBK”.

Yong‘in xizmati vakili Hamid Karimiyning so‘zlariga ko‘ra, “Movallan” fabrikasidagi yong‘in mahalliy vaqt bilan 6:00 (Toshkent vaqti bilan 9:30)da boshlangan, olovni o‘chirishga 100 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi jalb qilingan.

Karimiyning aytishicha, o‘t o‘chiruvchilar alanganing spirt va boshqa oson o‘t oluvchi suyuqliklar saqlanadigan omborxonaga tarqalib ketishining oldini olishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, operatsiya chog‘ida yong‘in xizmati mashinasi yonib ketgan, oqibatda ikki nafar o‘t o‘chiruvchi jabrlangan, ular zudlik bilan kasalxonaga yetkazilgan.

Yong‘in atrofida favqulodda holat e’lon qilinib, barcha tashkilotlar, shu jumladan, Islom inqilobi posbonlari korpusi, yong‘inga qarshi kurash uchun safarbar qilingan.

“Movallan” kimyoviy zavodi Eronda ftalat angidrid ishlab chiqaruvchi eng yirik xususiy korxona hisoblanadi.

Ushbu modda, o‘z navbatida, turli plastmassa, bo‘yoqlar va aviatsiya yoqilg‘isi uchun qo‘shimchalar ishlab chiqarishda muhim boshlang‘ich mahsulot bo‘lib hisoblanadi. Modda zaharli bo‘lib, teri va ko‘z pardasi qichishishiga olib kelishi mumkin.

Manba: Daryo.uz

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.

error: Kechirasiz: Kontentlar himoyalangan !!