Kongo Demokratik Respublikasi prezidenti xavfsizlikka tahdid tufayli ikkita provinsiyada qamal holatini e’lon qildi

Kongo Demokratik Republikasi prezidenti Feliks Chisekedi ekstremistik guruhlarning xavfsizlikka tahdidi tufayli ikkita provinsiyada qamal holatini e’lon qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

“Ushbu tartib Oliy Mudofaa kengashi delegatsiyasining sharqiy Kongo Demokratik Respublikasidagi xavfsizlik muammosini uzil-kesil hal qilish uchun Ituri va Janubiy Kivu provinsiyalarida qamal holatini e’lon qilish to‘g‘risidagi qaroridan keyin joriy etildi”, — deb yozdi Chisekedi o‘zining Twitter sahifasida.

2020-yilning oktabr oyidan buyon Kongo Demokratik Respublikasi armiyasi mamlakat sharqidagi jangari qismlarni aniqlash va ularni yo‘q qilish bo‘yicha so‘nggi yillardagi eng yirik operatsiyalarini o‘tkazib kelmoqda. “Demokratik kuchlar ittifoqi” ekstremistik guruhiga qarshi asosiy harbiy harakatlar Uganda va Ruanda bilan chegaradosh bo‘lgan Shimoliy Kivu viloyatida olib borilmoqda.

Mamlakat armiyasi BMTning Kongo Demokratik Respublikasini barqarorlashtirish missiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda.

Avvalroq Nigerda harbiylarning davlat to‘ntarishiga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchragani haqida xabar berildi. Ta’kidlanishicha, 31-mart kuni tongda harbiylar guruhi mamlakat poytaxti Niamey shahridagi prezident saroyiga bostirib kirishga uringan, lekin prezident gvardiyasi bunga to‘sqinlik qilgan.

Shuningdek, Bag‘dod markazidagi bozorda sodir bo‘lgan portlashda kamida 31 kishi halok bo‘lib, 70 dan ortiq kishi jarohat olgani ma’lum qilingandi.

Manba: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *