Qotillik, o‘g‘rilik va boshqa dahshatli sirlarni eslashni istamaydigan yulduzlar (foto)

Hamisha omma e’tiborida ekani bois mashhurlarning o‘z shaxsiy hayoti bilan bog‘liq ikir-chikirlarni yashirish imkoni nolga teng.

Liv Tayler

Otasini Todd Runggrenn deb hisoblagan aktrisa bir necha yillar o‘tib Aerosmith guruhining a’zosi Stiven Taylerning farzandi ekanini bilib qolgan.

Rianna

Xonandaning otasi Fenty Entertainment kompaniyasiga asos solib, qizining tovar belgisini olib qo‘ygan. Rianna chora ko‘rishga va sudga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

Vudi Xarrelson

Aktyor 70-yillarning oxirida sudyani o‘ldirgani uchun bir umrga ozodlikdan mahkum qilingan. Qamoqxonada vafot etgan Vudi memuarlarida bir necha yillar davomida yollanma qotil bo‘lib ishlaganini tan olgan.

Merayya Keri

Bir necha marta yengiltaklikda ayblangan xonandaning katta opasi Elison Kerining yaqinda topshirgan qon tahlillarida OIV infeksiyasi borligi aniqlangan.

Opra Uinfri

Bir necha yil avval teleboshlovchi ona tomondan o‘gay opasi borligi haqida xabar topgan. Katta miqdorda qarzga botgan onasining noilojlikdan bunday ish tutishiga to‘g‘ri kelgani ma’lum bo‘lgan.

Sharliz Teron

Aktrisa intervyularidan birida otasi pistoletni qo‘liga olib u va onasini o‘ldirmoqchi bo‘lganini ta’kidlagan. Pistoletni tortib olib otasini otib qo‘ygan onasining harakatlari sud tomonidan o‘zini o‘zi himoya qilish deb topilgan.

Sofiya Vergara

Sofiya akasi o‘ldirilganidan keyin 1998-yilda Kolumbiyadan ko‘chib ketgan. Ukasi esa bundan bir necha yil avval narkotiklar bilan bog‘liq muammo sabab Amerikadan deport qilingan.

Leyton Mister

Ota-onasining narkotik kontrabandasi bilan o‘ralashib qolgani va qamoqqa olingani sabab Leytonning bolaligi baxtli o‘tmagan. Onasi Leytonni dunyoga keltirganidan keyin qamoqxonaga qaytarib yuborilgan, Misterni buvisi katta qilgan.

Jessika Alba

Aktrisa o‘smirlik davrida suratga olish maydonchasidan olib qochilgan va uni qaytarish uchun pul talab qilingan. Pul miqdorining kattaligidan ota-onasi uni qayta ko‘rishdan umidini uzgan. Ammo o‘g‘rilar o‘ldirish fikridan qaytib, Jessikani mashina ichida qoldirib ketgan.

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *