Rianna, Kayli Jenner va boshqa yulduzlar qanday lab bo‘yog‘idan foydalanadi? (foto)

Mashhur ayollarning go‘zal va o‘ziga xos ko‘rinishining siri obrazdagi detallarga alohida e’tibor berish va tanlov qilishida.

Kim Kardashyan

Kardashyan makiyaj qilganida ko‘z va lablariga urg‘u berishni afzal biladi. Model MAC Angel pomadasidan foydalanib, go‘zalligiga urg‘u beradi.

Kayli Jenner

Kayli Jennerning obrazidan ilhomlangan minglab ayol va qizlar do‘konlardan pushti tusli jigarrang lab bo‘yoqlar xarid qila boshlagan. Jenner MAC’ning Brave va Velvet Teddy pomadalaridan foydalanishni ma’qul biladi.

Rozi Xantington-Uaytli, Mayli Sayrus

Qizil lab bo‘yog‘ini yuz rangiga mos tushadiganini tanlash kerak. Bu borada Rozi va Mayli singari MAC kosmetik brendining Lady Danger variantidan ilhomlansangiz bo‘ladi.

Kendall Jenner

Kendal esa tanlov borasida Estee Lauder’ning yorqin qizil rangli Restless’ini afzal bilgan. Mazkur bo‘yoq bilan u hamisha o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Rita Ora, Adriana Lima, Dita fon Tiz

Ko‘zga tashlanmaydigan qizil pomadani yaxshi ko‘radiganlar esa yulduzlar Rita Ora,

Adriana Lima, Dita fon Tiz singari MAC’dan Ruby Woo’ga e’tibor qaratishi mumkin.

Madonna

Madonna obrazi uchun MAC’ning Russian Red lab bo‘yog‘ini tanlaganidan keyin mazkur lab bo‘yog‘i bestsellerga aylangan.

Teylor Svift

Teylor Svift esa qizil yo‘laklarda boshqalardan ajralib turish uchun NARS’ning Dragon Girl modeliga e’tibor beradi.

Rianna

Rianna esa MAC’ning pushti Candy yum-yum lab bo‘yog‘ini surtishni yaxshi ko‘radi. Mazkur rang uning husniga husn qo‘shadi.

Emma Uotson

Emma alohida tadbir va ziyofatlar uchun Chanel’ning Exaltee lab bo‘yog‘ini surtishni xush ko‘radi.

Lord

Xonanda Lord esa MAC’ning Pure Heroine pomadasi bilan noodatiy va jozibali ko‘rinadi.

Emma Stoun

Dilbar va latofatli ko‘rinishni istaganlar esa Emma singari Revlon’dan shaftoli rang Tulip’ni tanlashi mumkin.

Manba: Daryo.uz

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.

error: Kechirasiz: Kontentlar himoyalangan !!