Xorazmdagi dehqon bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi dehqon bozorida yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda Xorazm FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1-may kuni soat 21:39 da Gurlan tuman Mustaqillik ko‘chasi 4-uyda joylashgan “Gurlan dehqon bozori” MChJ hududida qurilgan fuqaro J.O.ga tegishli do‘konning, taxminan, 35 kvadrat metr maydonda tom qismi va do‘konning ichki qismi hamda fuqaro M.I.ga tegishli do‘konning 40 kvadrat metr maydonda tom qismi va do‘konning ichki qismi yonib zararlangan.

Hududdagi boshqa do‘konlarning 500 kvadrat metr qismidagi maydoni yong‘indan saqlab qolingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘in sababi va zarari ekspertlar tomonidan aniqlanmoqda.

Avvalroq Toshkentdagi sobiq “TAPOiCh” hududida yong‘in yuz bergani, Yakkasaroy tumanidagi sintepon ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgani, Sergelidagi polietilen mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonada yirik yong‘in yuz bergani haqida xabar berilgan edi.

Manba: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *