“Yangi COVID-21 virusi paydo bo‘lgani haqidagi bayonot noto‘g‘ri” — Virusologiya instituti direktori

Virusologiya instituti direktori, professor Erkin Musabayev koronavirusning yangi shakli — COVID-21’ning paydo bo‘lgani to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuvga izoh berdi, deb yozadi “Yangi O‘zbekiston” nashri.

Erkin Musabayevning ma’lum qilishicha, COVID-19 infeksiyasi yangi shtammlari paydo bo‘lsa ham, yangi COVID-21 virusi paydo bo‘lgani haqidagi bayonot noto‘g‘ri. Chunki vaksinatsiya COVID-19’ning barcha shtammlaridan himoya qiladi, xavf guruhidagi odamlar kasal bo‘lib tuzalgan bo‘lsa ham emlanish zarur hisoblanadi.

“Darhaqiqat, hozirgi kunda koronavirusning klinik belgilarida o‘zgarishlar yuz berdi, ya’ni yo‘tal va isitmaning kam namoyon bo‘lgan, ammo bo‘g‘imlarda katta og‘riq belgilariga ega bemorlar soni ortdi. Zangiota kasalxonasidagi bemorlarning tahlillari shuni ko‘rsatadiki, koronavirus infeksiyasi oqibatlaridan o‘lish holatlari oshmadi”, — deydi Virusologiya instituti direktori.

Erkin Musabayevnng so‘zlariga ko‘ra, “PZR-test yordamida koronavirusni aniqlash imkonsiz bo‘lib qoldi, deyish noo‘rin”, chunki avval ham dimog‘da virusni aniqlashda 30 foizlik xatolikka yo‘l qo‘yilgan.

“Koronavirus infeksiyasini davolash bo‘yicha bir yillik tajribadan kelib chiqib, O‘zbekistonda davolash protokoli tuzilib, amalda uning yuqori samaradorligi isbotlandi. Kasallik yo‘qolmadi, biz u bilan yashashga, ya’ni niqob taqishga, ijtimoiy masofani saqlashga, qo‘llar gigiyenasiga rioya qilishga odatlanishimiz kerak”, — deya ta’kidlaydi Musaboyev.

Avvalroq Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Doniyor Mirazimov O‘zbekistonda 20 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar orasida koronavirusga chalinish holati deyarli ikki barobarga ortganini ma’lum qilgandi.

Manba: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *