Yonib ketgan uylar, do‘konlar va maktab. Qirg‘izistonning Tojikiston bilan chegaradagi vayron bo‘lgan qishlog‘i — suratlarda

Qirg‘iz-tojik chegarasidagi otishma 29-aprel kuni soat 04:30 atrofida Botken viloyatining Ko‘ktosh qishlog‘ida boshlandi. 30-aprelga o‘tar kechasi esa Laylak tumanining Maksat, Dostuk, Arka, Internatsional qishloqlarida o‘t ochish boshlandi. Qishloq aholisi barcha mol-mulklarini tashlab, olovdan qochishga majbur bo‘ldi.

2-may kuni Kloop jurnalistlari Maksat qishlog‘iga borib, yonib ketgan uylar, do‘konlar, yoqilg‘i quyish shoxobchalari va maktablarni shaxsan ko‘zdan kechirdi.

Ba’zi uylardan faqat mo‘rilar qolgan. Ba’zilari o‘q otish va yong‘inlardan kamroq shikastlangan va mol-mulkning bir qismi omon qolgan. Odamlar allaqachon uylariga qaytishni boshlashgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 3-may holatiga bo‘yicha, qirg‘iz-tojik chegarasidagi qurolli to‘qnashuv natijasida birgina Laylak tumanida 48 ta uy, bitta chegara posti, 10 ta yoqilg‘i quyish shoxobchasi va 8 ta do‘kon vayron qilingan. Obyektlarga va turar joy binolariga yetkazilgan zararni baholash bo‘yicha komissiya ish boshlagan.

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi nizo 28-aprel kuni mahalliy aholi o‘rtasidagi janjal bilan boshlangan edi. U esa tojikistonlik harbiylar bahsli hududda joylashgan “Golovnoy” suv taqsimlash punkti yaqinidagi elektr ustuniga videokuzatuv kameralarini o‘rnatganidan keyin kelib chiqqan. Qirg‘iziston chegara xizmatining axboroti bo‘yicha 29-aprelda ikki davlat harbiylari o‘rtasida otishma sodir bo‘lgan.

Avvalroq Qirg‘iziston va Tojikiston o‘z qo‘shinlarini davlat chegarasidan olib chiqib ketishni yakunlangani, shuningdek, nizo chog‘ida garovga olingan o‘n nafar Qirg‘iziston fuqarosi Tojikistonda asirlikdan ozod etilgani, nizodan keyin 11 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar berilgan edi.

Manba: Daryo.uz

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *