Qo’y burji haqida ma’lumot

Umumiy tarif:

Qo’y burji vakillari boshqa barcha burjlar ichida eng omadlisi sanaladi. Ular juda harakatchan va adolatdsizlikka chidab turolmaydi. Qo’ylar o’z fikrini to’g’ridan to’g’ri aytaveradi. O’z manfaatini birinchi o’ringa qo’yadi, bu boshqa kishilarga qanday tasir qilishi ularni qiziqtirmaydi. Ammo qo’ylarninh bu harakatidan xafa bo’lish kerak emas, chunki bu holat ularning ihtiyoridan tashqarida ro’y beradi.

Qo’ylar chin dildan ishonadilar. Ularning fe’lida yashirin va murakkab narsaning o’zi yo’q. Ko’ngli juda nozik, ularga yoqmagan narsalar haqida arz qilishni yoqtirishadi.

Qo’y burjidagilar biror bir mavqega erishmoqchi bo’lsalar, albatta muvafaqiyat qozonadilar. Qo’ylarning yana bir asosiy hislati — ularning to’griso’zligidir. Lekin bunga juda ishonib ham bo’lmaydi, chunki bu burj vakillari ma’suliyatni his qilmaydilar.

Qo’ylar jismoniy og’riqqa chidamsiz bo’ladilar’ ularni tish shifokori huzuriga majburlab olib borsangiz ham bormaydilar. Ko’pincha teri, bo’g’in kasalliklaridan aziyat chekadilar, ularni oshqozon kasalliklari ko’p bezovta qiladilar.

Mobodo ular dushmanini nohaq hafa qilganini tushunib yetsalar, darhol ikkilanib o’tirmasdan uzr so’raydilar. Agar ulardan shuhrat va puldan birini tanla desalar qo’ylar shuhratni tanlaydilar.

Erkak qo’y burji vakillari.

U sizni kuchli ehtirosi va shu bilan birga sovuqqonligi bilan hayratta qoldiradi. Har doim yangi g’oyalar va ijodiy izlanishlar bilan to’lib toshib yuradilar.

Erkak qo’ylar o’z yoshiga nisbatan ancha yosh ko’rinadilar. Sabrsiz, botir, o’ziga ishonuvchan doim oldinga yuradi, lekin niyati amalga oshmasa xudbinlashib, juda talabchan bo’lib qoladi. Ko’ngilhushlik, ishqiy munosabatlardan uzoqroq yuradilar. Ular o’zi o’qigan kitoblardagi muhabbatga intiladilar. Sevsa chin dildan sevadi va sizdan ham shuni talab qiladi.

Erkak qo’y o’zingizni qanday tartibga keltirayotganingizni ko’rmasin ularning oldida zerikarli qo’rqoq bo’lmang. Ularni boshqalardan yaxshiroq ekanligini ishontirishingiz qiyin, lekin urinib ko’rsangiz bo’ladi. 

Bu burj sohibi sevib qolsa, muhabbatiga sodiq qoladi. U muhabbatda soxta rol o’ynamaydi. Uning fe’lida ayyorlik yo’q. Uning ovozidagi vaovozidagi sovuqqonlik o’zro munosabatlarning tugashini biladiradi.

Qo’ylar hech qachon o’zlarini nohaq deb hisoblamaydi. Uzoq ayriliqdan so’ng munosabatlariginzni qayta tiklashingiz mumkin. Erkak qo’yga oz hissiyotlaringiz haqida birinchi bo’lib aytmang, aks holda ularni yo’qotib qo’yasiz. Unitmang u hamma narsada yetakchi bo’lishi kerak, hatto dil ishori qilishdaham. U bilan sevishish juda og’ir. Qo’ylar bolalariga juda g’amxo’r bo’ladilar, bunday mehribon ota haqida faqat orzu qilish mumkin.

Irodasi, dadilligi va tezkor qaror qabul qila olishlari tufayli yaxshi shifokor, harbiy, jurnalist va rahbar chiqishi mumkin. Biroq sog’lom ko’rinishiga qaramasdan ularning salomatligi zaif, asab tizimi ham nozik bo’ladi.

Quyidagilar ham sizga foydali bo’lishi mumkin:

Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *