Tushda zumrad | Тушда зумрад
ZUMRAD (ZUMURRAD) Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi zumrad farzand yoki aka-ukalar yoxud halol mol bo‘ladi. Agar zumradga egaligini yoki birov unga berganini ko‘rsa, farzandi, aka yoki ukasi dunyodan ketadi yoki yo‘qolib qoladi yoxud moli qo‘ldan ketadi. Kirmoniyning aytishicha, zumrad to‘tri mazhabni bildiradi, zumradagi har bir ziyodalik yoki nuqson din va mazhabga yaxshi yoki yomon bo‘lishiga dalildir. Jobirning aytishicha, tushdagi zumrad kanizakdir, zumraddagi yaxshilik yoki yomonlik kanizakning yaxshi-yomonligini bildiradi. Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, tushdagi zumrad yoqimli so‘z eshitishga dalil bo‘ladi. Hazrati Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda zumradni ko‘rish besh narsani bildiradi: farzandni; aka yo ukani; kumushdan bo‘lgan halol molni; chiroyli kanizakni; yoqimli so‘zni. Tushdagi zumrad qanchalik yaxshi bo‘lsa, aytilgan dalillar ham shunchalik yaxshi bo‘ladi.
Пример HTML-страницы