Tushda ipak | Тушда ипак
IPAK (QAZZ) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi ipak va xom ipak oq bo‘lsa, bu jahon ne’matiga dalildir. Agar sariq bo‘lsa, bemorlikka dalildir. Tushda xom ipakdan ko‘ra pishgan ipak yaxshirokdir. Agar tushida pishgan ipak yoki xom ipakning kuyganini yoki yo‘qolganini ko‘rsa, ziyon yetishiga dalildir. Agar tushida pishgan yoki xom ipagi borligini, rangi oq ekanini va ular o‘ziniki ekanini ko‘rsa, xayru manfaat yotishiga dalildir. Agar rangi yashil bo‘lsa, ta’biri yaxshiroq bo‘ladi. Agar qizil bo‘lsa, erkaklarga yomon bo‘ladi. Agar qora yoki ko‘k bo‘lsa, g‘amu anduhga dalil bo‘ladi. Agar har xil rangdagi ipaklari borligini ko‘rsa, har xil rangli matolarga ega bo‘lishiga dalildir. Ipak dinda erkaklarga yomon, ayollarga yaxshi bo‘ladi.
Пример HTML-страницы