Tushda kumush tanga | Тушда кумуш танга
KUMUSH TANGA (DIRAM) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, odamlarning tabiatlari har xil bo‘ladi, bir odam bo‘ladiki, tushida diramni ko‘radi, o‘ngida esa diram topadi. Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, har kim tushida diramni ko‘rsa, shirin so‘z eshitadi yoki Xaq subhonahu va ta’olo zikrini aytadi. Agar tushidagi diram oq bo‘lsa yaxshiroq bo‘ladi, agar qora bo‘lsa, yuzida naqshlar va suvrat bo‘lsa, jang va xusumatga dalil bo‘ladi. Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, tushida kichkina diram topib olsa, kichkina farzandga dalolat qiladi. Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, tushida dirami yo‘qolib qolsa yoki kimdir o‘g‘irlab ketsa kichkina farzandidan diliga g‘am tushishiga dalildir. Tushida kichik diramini yo‘qotib ko‘ysa, yana qaytarib topsa, o‘sha ranj dilidan ketishini bildiradi, agar qayta topmasa, farzandi halok bo‘lishiga dalil bo‘ladi.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushida qo‘lida diram tutib turish yaxshi so‘z eshitishiga dalildir. Singan diramlar parishon so‘zlardir. Tushidagi ko‘pgina diram ko‘p molni bildiradi. Tushda oilada diramlar taqsim qilayotganini ko‘rsa, ularning o‘rtasida qozilik qilishiga dalildir. Uyida juda ko‘p diramlar borligini tush ko‘rsa, uning mikdoricha mol topishini bildiradi.
Tushida hisobsiz diram yiqqanini ko‘rsa, odamlarni haq va botildan ogoh qilishini bildiradi. Qo‘lida bir dona oq diram borligini tush ko‘rsa, farzand tug‘ilishiga dalildir. Diramning yo‘q bo‘lib qolganini ko‘rsa, farzandi o‘lishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, har kim tushida oq diram ko‘rsa, o‘ngida qora diram topadi. Odamlarning aksariyati tushida diram ko‘radilar va uyg‘oqlikda uni topadilar.
Ismoil Ash’as (r.a.) aytadiki, tushdagi butun diram dinning sofligiga, singani esa xusumatga dalildir. Tushida podshohning diram berganini ko‘rsa, g‘amu anduhdan ozod bo‘lishini bildiradi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi diram o‘nbir narsani bildiradi: yaxshi so‘zlarni; hojatlarning yuzaga chiqishini; ulug‘likni; yig‘ilgan molnii; do‘stni; farzandni; fitnani; rizq kengligini; tinchlikni; kanizakni; diram topishni. Xususan, tush ko‘ruvchi pokdoman kishi bo‘lsa, agar pokdoman bo‘lmasa, farzandlar zahmati hamda g‘amu anduh bo‘ladi. Tushdagi singan diram to‘rt narsaga dalil bo‘ladi: yomon so‘zga; jang va xusumatga; qamoq va zindonga va so‘zlashuvga.