Tushda kursi | Тушда курси

KURSI (KURSIY) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi Kursi ilmdir. Haq taborak va ta’olo Kalomi qadimida shunday deydi: . . .Uning Kursiysi osmonlar va Yerdan (ham) keng-lik qilur. . . (Baqara surasi, 255-oyat). Ibn Abbos (roz.a.)ning aytishicha, bu oyatdagi vasi’a ilmdir. Ibrohim Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, Kursi Xudoyi ta’oloning ihotasi va qudratidir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, Kursidan murod komillik va oqillikdir. Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, Kursidan murod itoatkor imom yoki taqvoda kamolga yetgan zohid yoki adolatli podshoh yoxud parhezgar, kuchli dono kishidir. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi Kursi olti narsaga dalildir: adolatga; insofga; izzat va sharafga; martabaga; yaqinlikka; qadr va izzatga. Tushida osmondagi Kursida o‘tirganini ko‘rsa, ishlarining yuqorilapguvi, qadr, martaba va ulug‘lik topishi, barcha maqsadlariga yetishuvi, odamlar orasida ulug‘, aziz va mukarram bo‘lishi, xalq orasida adolat va insof paydo bo‘lishiga dalildir. Tushidagi duradgorlar yasagan kursi xotin bo‘ladi.
Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *