Tushda la’y, yoqut| Тушда лай, ёкут

LA’L (LA’L) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi yoqut chiroyli va badavlat ayoldir. Tushida yoqut topganini yoki birov unga berganini yoxud sotib olganini ko‘rsa, aytilgan sifatdagi xotin olishi yoki aqlli va pokiza kanizak sotib olishiga dalildir. Agar xotini bo‘lsa, latofatli va chiroyli qiz tug‘ilishiga dalildir. Tushida yoqutlari ko‘pligini ko‘rsa, uning mikdoricha mol topishini bildiradi, biroq dinda makruh bo‘ladi. Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida tanishlaridan biri unga bir necha yoqut berganini ko‘rsa, uning qiymatiga muvofiq o‘z qarindoshlaridan bo‘lgan badavlat xotin olishiga dalildir. Agar notanish odam unga yoqut bergan bo‘lsa, qarindosh bo‘lmagan oiladan xotin olishini bildiradi. Tushida bir yosh yigit unga yoqut berganini ko‘rsa, mol topishiga dalildir. Ja’fari Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi yoqut to‘rt narsani bildiradi: xotinni; kanizakni; manfaatni; molu dunyo va qizlarni.


Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *