Tushda namoz | Тушда намоз
NAMOZ (NAMOZ) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida namoz o’qiyotgani va yuzi sharq tomonga qaraganini ko’rsa, Hajga borishiga dalildir. Agar Haj mavsumi bo’lmasa, mayli tarsolar tomondan ekanini bildiradi. Agar g’arb tomonga qarab namoz o’qiyotganini ko’rsa, islom diniga orqasini o’girganiga dalildir. Tushida yo’lda namoz o’qiganini va orqasi qibla tomonga ekanini ko’rsa, ajali yaqin qolganiga dalildir, tavba qilmoq kerak. Agar namoz o’qiganini, biroq qibla qaysi tomonda ekanini bilmagan bo’lsa, din yo’lida hayronlikda qolishiga dalildir. Agar qibla tomonga qarab namoz o’qiganini ko’rsa, din yo’lida mahkam ekaniga dalildir. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida bir qavmga imomlik qilganini ko’rsa, jamoatning miqdoriga muvofiq sarvarlik topishiga dalildir. Agar namoz vaqti o’tib ketganini, namoz uchun toza joy topolmaganini ko’rsa, ishlari qiyinchilik bilan davom etishiga dalildir. Agar namozni buzgani, oxirigacha o’qimagani yoki tahoratsiz namoz o’qiganini ko’rsa, maqsadi muyassar bo’lmasligiga dalildir. Tushida masjidda yoki madrasada imomlik qilayotganini ko’rsa, o’sha diyor podshohi unga muxlis bo’lishiga dalildir. Namozda ruku’ va sajdalarni to’liq joyiga qo’yganini ko’rsa, din va dunyo ishlari yaxshi bo’lishiga dalildir. Mag’ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida peshin nomazini o’z vaqtida o’qiganini, osmon ravshan va toza ekanini ko’rsa, Haq ta’olo qoshida darajasi ko’tarilganini bildiradi. Agar osmon xira va bulutli bo’lsa, g’amu anduh yetishiga dalildir. Tushida namoz o’qiganini ko’rsa, umid qilgan narsasiga yetishiga dalildir. Tushida shom namozining farzini ado qilganini ko’rsa, xotini va bolalari xush muaomala bo’lishi va bundan shodu xurramlikka yetishiga dalildir. Agar bomdod namozini ado qilganini ko’rsa, safarga ketishiga dalildir. Agar bu tushni ayol kishi ko’rsa, hayzli bo’lishiga dalildir. Tushida tahoratsiz namoz o’qiganini ko’rsa, bemor bo’lishini bildiradi. Agar xuftan namozining farzini ado qilganini ko’rsa, omon bo’lishi va dushman ustidan zafar topishiga dalildir. Tushida bog’da namoz o’qiganini ko’rsa, gunoxdan tavba qilishiga dalildir. Agar kemada namoz o’qiganini ko’rsa, qarzdan qutilishiga dalildir. Tushida namoz o’qib, sahro tomon yuz tutsa, Hazrati Rasululloh (s.a.v.)ning qabrlarini ziyorat qilishiga dalildir. Agar Ka’bada namoz o’qiganini ko’rsa, ishi xalifa orqali ko’ngildagidek yaxshi bo’lishiga dalildir. Tushida namozdan so’ng yana sajda qilganini ko’rsa, bir muhtasham ulug’ kishi ustidan g’alaba qilishiga dalildir. Tushida Xudoyi ta’olodan o’zgaga sajda qilmaganini ko’rsa, murodi hosil bo’lishiga dalildir. Tushida devor ustida sajda qilayotganini ko’rsa, ulug’lardan unga ranj va xorlik yetishiga dalildir. Agar namoz o’qiyotib, asal yeganini ko’rsa, o’z ayoli bilan jinsiy yaqinlik qilishiga dalildir. Agar namozda At-tahiyyotga o’tirganini ko’rsa, g’amdan qutilishi va hojati ravo bo’lishiga dalildir. Agar namozda salomni avval chapga berganini ko’rsa, ahvoli parishon bo’lishiga dalildir. Tushida namozni o’tirib o’qiyotganini ko’rsa, dushman ustida zafar topiishiga dalildir. Ba’zilarning aytishicha, uzri bo’lib, bu uzri qabul qilinishiga dalildir. Agar tushida namoz o’qib, o’ziga duo qilayotganini ko’rsa, farzand tug’ilishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Qachonki, u Parvardigoriga xufyona duo qilib. . . (Maryam surasi, 3-oyat). Agar qorong’uda namoz o’qiganini ko’rsa, g’amlardan qutilishiga dalildir. Agar tungi namozni ado qilayotganini ko’rsa, barcha tarsolardan omon bo’lishi, ne’mat, ulug’lik va martaba topishiga dalildir. Agar namozni yonboshlab yotib ado qilayotganini ko’rsa, bemor bo’lishiga dalildir. Gar jum’a namozini o’qiganini ko’rsa, safarga borishi va halol mol topishiga dalildir. Agar Bayt ul-Makdasda namoz o’qiganini ko’rsa, meros topishi va rizqi keng bo’lishiga dalildir. Agar Ka’bada yoki Ka’baning tomida namoz o’qiganini ko’rsa, Ka’baga borishi va ishlarining oqibati yaxshi bo’lishiga dalildir.
Xofiz Muabbir (r.a.)ning aytishicha, tushda namoz o’qish uch narsaga dalildir: farzga; sunnatga; naflga. Agar namoz o’qiyotganini ko’rsa, X,aq ta’olo unga X,ajni nasiba qiladi va yomon ishlardan asraydi. Alloh ta’olo aytadi: . . .Albatta, namoz fahsh va yomonlikdan qaytarur!.. (Ankabut surasi, 45-oyat).
Tushida namozning sunnatini o’qiganin ko’rsa, ishlarda sabrli bo’lishi, yaxshi degan nomining tarqalishi va xalqqa shafqatli bo’lishiga dalildir. Agar nafl namoz o’qiganini ko’rsa, ayolini aziz tutish, do’stlarning ishi uchun harakatda bo’lishiga dalildir. Tushida xachir ustida namoz o’qiganini ko’rsa, unga katta g’am yetishiga dalildir. Agar korxona yoki do’konda namoz o’qiganini ko’rsa, Alloh ta’olo kasbu koriga barakat berishiga dalildir. Agar jum’a namozini o’qiganini ko’rsa, ishlarida xotirjamlik bo’lishiga dalildir.
Jolid Isfahoniy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi ruku’ va sujud X,aq ta’ologa yaqin bo’lishini bildiradi. Alloh ta’olo aytadi: Yo’q! (Ey, Muhammad,) Siz unga itoat etmang va (yolg’iz) Allohga sajda (ibodat) qilib, (Unga) yaqin bo’ling! (Alaq surasi, 19-oyat).
Ta’birchilarning aytishlaricha, tushida namozda ruku’g’a bormaganini ko’rsa, mol zakotini bermaganiga dalildir. Agar namozni to’liq ado qilsa, Haq ta’olo uning ibodatini qabul qilganiga, duosi mustajob bo’lganiga va Alloh unga rahmat qilganiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda namoz o’qish yetti narsaga dalildir: omonlikka; shodlikka; izzat va obro’ga; martabaga; ulug’likka; murod topishga; qazoda nuqsonga.
Yana uning aytishicha, tushdagi ruku’ va sajdalar besh narsaga dalildir: murod topishga; davlatga; ko’makka; zafar topishga; Haq ta’olo amrini bajo qilishga. Alloh ta’olo aytadi: Ey, imon keltirganlar, ruku’ qilingiz, sajda qilingiz va Rab-bingizga ibodat qilib yaxshilik qilingiz shoyadki, najot topsangiz (Haj surasi, 77-oyat).
Agar murdaga namoz o’qiganini ko’rsa, unga duo va sano aytishga dalildir. Agar namozni to’liq ado qilmasa, ta’biri aksinchadir.