Tushda ka’ba | Тушда каъба
KA’BA (KA’BA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha agar tushida Ka’bani tavof qilganini ko‘rsa, dinning sozligiga dalildir.
Tushida ehrom kiyganini va Ka’baga yuzlanganini ko‘rsa, uning salohiyati ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar tushida o‘z uyining Ka’ba bo‘lib qolganini va odamlar ziyorat qilayotganlarini ko‘rsa, omonatni yaxshi saqlashi, qadru manzalat topishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, Ka’baning asl mohiyati iymon va musulmonlikdir. Agar tushida o‘zini Ka’bada ko‘rsa, dushmanning ziyonidan omon bo‘lishi va duosi mustajob bo‘lishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: Unga (Ka’baga) kirgan kishi omonda bo‘lur. . . (Oli Imron surasi, 97-oyat).
Agar tushida yuzini Hajar ul-Asvodga qo‘yganini va o‘pganini ko‘rsa, Haj qilishiga dalildir. Agar tushida Hazrati Rasululloh (s.a.v.) qabrlarining ziyoratiga borsa yoki Maqomi Ibrohimda turganini ko‘rsa, Hajga borishi va sog‘u salomat qaytib kelishiga dalildir. Agar o‘zini Ka’baning tomida ko‘rsa, mazhabi buzuq bo‘lishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda Ka’bani ko‘rish to‘rt narsaga dalildir: xalifaga; imomga; iymon va musulmonlikka va xavfdan omon bo‘lishga.