Tushda ketmoq, jo’namoq | Тушда кетмок, жунамок
KETMOQ (RAFTAN) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushida shahardan ketayotganini ko‘rsa, biroq qayoqqa ketayotganini bilmasa, bechora va sargashta bo‘lishiga dalildir. Xotini va bolalarini ham o‘zi bilan olib ketayotganini tush ko‘rsa, hammasining sargashta va hayronlikda qolishiga dalildir. Tushida tuyaga o‘xshab ketayotganini ko‘rsa, dunyo saodatini topishiga dalildir. Tushida yirtqich hayvonga o‘xshab ketayotganini ko‘rsa, ta’biri yomon bo‘lishiga bildiradi. Tushida chayon kabi ketayotganini ko‘rsa, uning ta’biri ham shuning o‘zidir. Qushlar kabi ketayotganini ko‘rsa, xayriyat va yaxshilikka dalildir. Tushida qorong‘idan yorug‘lik tomon ketayotganini ko‘rsa, botil yo‘lga yo‘ldan haq yo‘lga ketishiga dalildir. Xarobalikdan obodonlikka tomon ketayotganini tush ko‘rsa, qiyinchilikdan osonchilikka yetishiga dalildir. Obodonlikdan xarobalik tomon ketayotganini ko‘rsa, yomon bo‘ladi, yaxshi joyga ketayotganini ko‘rsa, yaxshi bo‘ladi.