Tushda kofur, kamfara | Тушда кофур, камфара
KOFUR, KAMFARA (KOFUR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi kofur (kamfara) Xudo yo‘lidagi pok va to‘g‘ri jondir. Agar tushida kofur tutatayotganini va undan noxush hid taralayotganini ko‘rsa, birovga yaxshilik qilishi va buni minnat qilmasligiga dalildir. Agar tushida ozgina kofuri borligi ni ko‘rsa, shodlik bashoratini topishiga dalildir. Agar ko‘p kofur topsa, ko‘pgina molu ne’mat topishini bildiradi.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi kofur yetti narsaga dalildir: olim kishiga; xotinga; do‘stga; chiroyli kanizakka; ko‘p molga; yaxshi so‘z, maqtov va ofaringa; jon oromiga.