Tushda biyobon | Тушда биёбон
BIYOBON Doniyol (a.s.) aytadilarki, tushdagi biyobon qismat va rizqi ro‘z bo‘ladi, bu esa biyobonning kattaligi va kengligiga muvofiqdir.
Agar biyobonda tanho yurganini ko‘rsa, o‘z kasbidan ko‘p mol topishini bildiradi. Agar ko‘pchilik bilan biyobonda yurganini ko‘rsa, safardan ko‘p molu ne’mat topishiga dalil bo‘lib, rizqi ro‘zi kengayishini bildiradi.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, biyobondan chiqqanini ko‘rsa, g‘amu anduxdan qutulishiga dalildir. Agar biyobonga kirib qolganini ko‘rsa, g‘amgin va nochor bo‘lishini bildiradi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi biyobon to‘rtta narsaga dalildir: rizqu ro‘zga; xayronlik va sargardonlikka; qiyinchilik va mashqqatga; qo‘rqinch; xatar va halokatga. Biroq undan tez chiqib ketsa, buning aksidir.