Tushda pona, miq| Тушда пона, мик
PONA, MIQ, (MISMOR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida miqni ko‘rsa, o‘z ishlarida mustahkam turuvchi bir ulug‘ kishi bilan uchrashuviga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, tushdagi miq podshoh yoki ulug‘ amir bo‘ladi. Tushida katta va kuchli miq va ponani ko‘rsa, bir ulug‘ odam bilan suhbat qurilishiga dalildir. Tushida miq yoki pona bilan biror narsani tikkanini ko‘rsa, bir ulug‘ odam tufayli parokanda bo‘lgan ishlari yaxshilanishiga dalildir. Tushida miqning singanini yoki yo‘qolib qolganini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi miq yoki pona to‘rt narsaga dalildir: ulug‘ kishiga; odamlar bilan axdu paymon qiladigan kishiga; amir yoki hokimga; ishlardagi zarar va yoqimsizlikka.