Tushda sadaqa berish | Тушда садака бериш
SADAQA BERISH (SADAQA DODAN) Tushdagi sadaqaning ta’biri haqida ta’birchilar orasida ixtilof mavjud. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushda bir olimning sadaqa berayotganini ko‘rilsa, uning ilmidan odamlarga foyda yetishiga dalildir. Agar podshoh sadaqa berayotganini ko‘rsa, foydasi ko‘p bo‘lishiga dalildir. Agar kasb egasi sadaqa berganini ko‘rsa, shogirdlariga kasb o‘rgatishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi sadaqa omonlik, mashaqqat va qiyinchiliklarda qutilishiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, agar qarzdor odam tushida sadaqa berganini ko‘rsa, qarzidan qutilishiga dalildir. Agar qul tushda sadaqa berayotganini ko‘rsa, ozod bo‘lishiga dalildir.
Agar qamoqdagi mahbus sadaqa beraginini ko‘rsa, qamokdan ozod bo‘lishiga dalildir. Agar g‘ayridin sadaqa berganini ko‘rsa, musulmon bo‘lishiga dalildir. Umuman, tushdagi sadaqa ikki olamning saodatiga dalil bo‘ladi.