Tushda salom qilish | Тушда салом килиш
SALOM QILISH (SALOM KARDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar bir do‘sti unga salom qilganini ko‘rsa, o‘sha do‘st bundan xursandchilik ko‘rishiga dalildir. Agar dushmani unga salom qilganini ko‘rsa, o‘sha dushman uning do‘stiga aylanishiga dalildir. Agar notanish bir kishi salom qilganini va uni avval ko‘rmagan bo‘lsa, musofir bir odam u bilan do‘stlashishiga dalildir. Agar bir keksaning salom qilganini va uni avval ko‘rmagani tushiga kirsa, Xudoyi ta’oloning azobidan omon bo‘lishiga dalildir. Agar tanish bir keksaning salom qilganini ko‘rsa, chiroyli bir xotin olishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, agar do‘sti unga salom qilganini va salomiga javob bermaganini ko‘rsa, oralarida judolik yuz berishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, agar yosh ayol unga salom berganini ko‘rsa, dunyo baxtini topishiga dalildir. Agar namozda ekanini va chap tomonga salom berganini ko‘rsa, ishlari yomon bo‘lishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi salom to‘rt narsani bildiradi: omonlikni; shodlikni; baxtni va molni.