Tushda soch, soqol, jun | Тушда соч, сокол, жун
SOCH SOQOL, JUN (MO‘Y) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi soch erkaklar uchun g‘amu anduh, ayollar uchun ziynatdir.
Qayvonlar yungi ozgina molni bildiradi. Agar so‘fiy odam boshidagi sochi uzun bo‘lib qolganini ko‘rsa, ziynat va sozlik topishiga dalildir. Agar so‘fiy bo‘lmasa, sochini uzunligiga qarab g‘amu anduh bo‘ladi. Tushida sochidan birozini qirqib, tashlab yuborganini ko‘rsa, g‘amu anduh undan yo‘q bo‘lishiga dalildir.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida Haj mavsumida sochini oldirganini ko‘rsa, dinining sozligi va gunohlarining kafforatiga dalildir. Agar bu tushni harom oylar, ya’ni rajab, zul-hijja, zul-qa’da va muharramda ko‘rsa, karzidan uzilishi va g‘amdan qutilishiga dalildir. Agar sochini to‘liq qirdirganin ko‘rsa, aytilgan narsalar ko‘proq bo‘lishiga dalildir.
Agar tush egasi amirning xotini bo‘lsa va sochini oldirganini ko‘rsa, eri yoki hokim o‘lishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, podshoh o‘z sochini o‘sganini ko‘rsa, lashkarga dalil bo‘ladi. Agar xalq ko‘rsa, g‘amu anduhga dalil bo‘ladi. Badan junlarining ko‘pligi ham g‘amu anduhni bildiradi. Agar sochlarini osilgan holda ko‘rsa, ota-onasi yoki bir ulug‘ odam sababli yetadigan g‘amu anduhga dalildir. Boshini kal holda ko‘rsa, aysh va shodlikning ziyoda bo‘lishiga dalildir.
Tushida alaviylar (Aliyparastlar) kabi boshida ikkita kokili borligini ko‘rsa, ulug‘lik topishi va yaxshi nomga ega bo‘lishiga dalildir. Tushida sochlarini yulayotganini ko‘rsa, uning odamlari mollarini talon qilishiga dalildir. Tushida sochlarini tarayotganini ko‘rsa, o‘z ishlarida qodir bo‘lishi va foyda topishiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushida qo‘ltiq yoki chovdagi yunglarni qirganini ko‘rsa, dinining sozligiga dalildir.
Qo‘ltiq yungini tozalash mol va murod topishiga dalildir. Qo‘ltiq yungini tozalamaslik muruvvatsizlikni bildiradi. Tushida ko‘kragida yung borligini ko‘rsa, karz to‘plashiga dalildir. Badandagi yung mol qarzi ekanini bildiradi. Agar tushida badanidagi yungni tushirganini ko‘rsa, moliga nuqson yetishini bildiradi. Agar bu kishi kambag‘al bo‘lsa, qarzdan kutilishi va g‘amu anduxdan shodlikka chiqishiga dalildir.
Ismoil Apgas (r.a.)ning aytishicha, tushida sochi yoki soqolidan birozi to‘kilib ketganini ko‘rsa, agar boy bo‘lsa, moliga nuqson yetadi, kambag‘al bo‘lsa, boy bo‘lishiga, agar qarzdor bo‘lsa, qarzidan uzilishiga, bemor bo‘lsa, shifo topishiga dalildir.
Agar o‘ng tomonidagi sochi sharqqa, chap tomondagi sochi g‘arbga qarab ketganini ko‘rsa, uning ikki o‘g‘li bo‘lib, nomi sharq va g‘arbga yoyilishiga dalildir.
Hofiz Muabbir (r.a.)ning aytishicha, tushida sochlarini jingalak holda ko‘rsa, uning bid’ati va xorligiga dalildir.
Agar johil odam bu tushni ko‘rsa, ne’mat va izzatni bildiradi.
Tushida soch yoki soqolini yulganini ko‘rsa, omonatni o‘z joyiga qo‘yishiga dalildir. Tushdagi chovidagi yunglari uzun ekanini ko‘rsa, unga ziyon yetishiga dalildir. Tushda sochning uzun bo‘lishi ayollar uchun yaxshirokdir. Tushida chovidagi yunglarni qirganini ko‘rsa, diniga nuqson yetishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi soch va uni qirish besh narsaga dalildir: Haj qilishga; safar qilishga; izzat va obro‘ga; omonatlikka; davlatga.
Agar tush ko‘ruvchiga sochni qirdirib yurish odat bo‘lsa, yaxshi yoki yomonligi yengil bo‘ladi.
SOQOL (RISh) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi soqol odamlar uchun ziynat va oila sozligidir. Qadisda kelishicha, Xaq subhonahu va ta’oloning ikki farishtasi bo‘lib, ular quyidagi tasbehni aytadilar: Subhona man zuyyina-r-rijola bil-lahyi va-n-nisoa bi-z-zovoyib. Ya’ni: Pokdir ul Allohkim, erkaklarni soqol, ayollarni soch bilan ziynatladi.
Tushida soqolining uzayib qolganini ko‘rsa, erkaklik ishlari soz bo‘lishini bildiradi, biroq uzunligi kindikdan o‘tib ketgan bo‘lsa, g‘amu anduhga dalil bo‘ladi. Tushida soqoliga tirnoqlari bilan oro berayotganini ko‘rsa, bemorlik tortishiga dalildir. Tushida soqolini bo‘yayotganini ko‘rsa, o‘z ahvolini yashirmay, odamlarga ochiq ko‘rsatishiga dalildir. Tushida soqolini yerda sudrayotganini ko‘rsa, ajali yaqin qolganiga dalildir. Tushida soqoli kesilganini ko‘rsa, moli va obro‘yiga ziyon yetishiga dalildir. Tushida soqoli oqarganini ko‘rsa, chidam va sokinligi ziyoda bo‘lishini bildiradi, biroq g‘amgin bo‘ladi.
Tushida soqolini tishi bilan qirqayotganini ko‘rsa, oila a’zolariga ziyon yetishiga dalildir. Tushida soqoli kasallik tufayli to‘kilib ketganini ko‘rsa fojiali o‘limdan xavf borligiga va obro‘yi to‘kilishiga dalildir. Tushida soqolini tarayotganini, unga hidli narsalardan yoki gulobdan sepayotganini ko‘rsa, odamlar rahmat aytadigan bir ish qilishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushida soqoli o‘sib ketganini, hatto kindigidan pastgacha tushganini ko‘rsa, mol topishiga dalildir. Tushida qo‘lini soqoliga urganini, uning bir parchasi qo‘lida qolganini va uni yerga otib yuborganini qo‘rsa,
moli qo‘lidan ketishiga dalildir. Bordi-yu, o‘sha parcha soqolni biror narsaga qo‘yib, asraganini ko‘rsa molini asrashiga dalildir. Tushida soqoli kichik va kalta ekanini ko‘rsa, qarzdor bo‘lsa, qarzidan qutilishini bildiradi, g‘amgin bo‘lsa, g‘amdan ozod bo‘lishiga dalildir. Soqoli yergacha tushganini ko‘rsa, o‘limiga dalildir. Tushida soqoli iflos bo‘lganini ko‘rsa, obro‘yi birdaniga ketishini bildiradi. Tushida soqolidagi oq tuklarni yulayotganini ko‘rsa, Payg‘ambar (s.a.v.)ning sunnatlariga qarshi ish qilishini bildiradi.
Ismoil Ash’as (r.a.) aytadiki, tushida Xaj mavsumida haramda uning sochlarini olayotganlarini ko‘rsa, qarzidan qutilib, g‘amdan xalos bo‘lishini bildiradi. Tushida sochi va soqolini birdaniga qirdirganini ko‘rsa, hurmat va obro‘yi birdan ketishiga dalildir. Tushida soqoli besabab oz-ozdan to‘kilib, nuqsoni zohir bo‘layotganini ko‘rsa, ranju kulfatdan shodlikka yetishini bildiradi. Soqoli butunlay oqarib ketganini tush ko‘rsa, hurmatiga biroz nuqson yetishini bildiradi.
Ayol kishi tushida soqoli borligini ko‘rsa, g‘amgin bo‘lishi va bir ish qilib, undan rasvolik yetishini bildiradi. Erkak kishi tushida unga soqol chiqqanini ko‘rsa, hechqachon farzand ko‘rmasligini bildiradi.
Balog‘atga yetmagan bola o‘zida soqol borligini ko‘rsa, g‘amu qayg‘uga mubtalo bo‘lishiga dalildir. Tushida bir kishining soqolidan tutib, sudrayotganini ko‘rsa, u kishi buning molini meros sifatida tortib olishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi soqol o‘n narsani bildiradi: savdoni; izzat va obro‘ni; martabani; haybatni; muruvvatni; yaxshilikni; uylanishni; molni; farzandni; aziz bo‘lishni.
Tushda soqol oldirish hojilar va muhbuslarga yaxshidir.