Tushda uzuk | Тушда узук
UZUK (ANGUSHTARIY) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, naqshli chiroyli uzukni ko‘rsa, uzuk sohibidan unga xayriyat va yaxshilik yetishiga dalildir. Agar bir kishi unga uzuk berib, uzukka muhr qilishini so‘rasa, nimaiki unga loyiq bo‘lsa, o‘shani topadi, ya’ni podshohlikka loyiq bo‘lsa, podshohlik topadi, boy bo‘lsa mol topadi. Bu esa uzukning qadr-qimmatiga muvofiq bo‘ladi. Agar masjidda yoki namozda yoki g‘azovotda kimdir unga uzuk berganini ko‘rsa, u kishp zohid va obidlardan bo‘ladi. Agar savdogar bo‘lsa tijoratdan foyda nasib bo‘lishiga dalildir.
Agar podshoh uzuk berganini ko‘rsa, podshoh mamlakatidan unga berishiga dalildir.
Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, agar biror kishi uzugi yo‘qolib qolganini yoki o‘g‘ri o‘g‘irlab ketganini ko‘rsa, uning ishlarida ofat va qiyinchiliklar yuz berishiga, agar uzugi sinib qolib, biroq ko‘zi omon qolganini ko‘rsa, izzat va obro‘yi yaxshilanishi hamda qadr-qimmati joyida bo‘lishiga dalildir. Agar uzugini birovga bersa, qo‘lidagi molu dunyosining bir qismini o‘sha odamga bag‘ishlaydi. Agar uzukni sotganini va pulini olganini ko‘rsa, qo‘lida bor narsani to‘liq sotishi va qo‘ldan chiqarishiga dalildir. Agar pulini olmasa, narsalarining bir qismini sotadi. Agar uzugining chiroyi o‘ziga yoqmayotganini ko‘rsa, qo‘lidagi molidan bir qismi yo‘q bo‘ladi va podshoh unga g‘azabini sochishiga dalildir. Uzugining kumushdan ekanini ko‘rsa, topgan narsasi yoqimli va halol bo‘lishiga dalildir. Agar uzugining oltindan ekanini ko‘rsa, topgan narsasi makruh va haromdan hosil bo‘lishiga dalildir. Uzugining po‘latdan ekanini ko‘rsa, topishi oz va arzimas bo‘lishiga dalildir. Agar uzugi qo‘rg‘oshindan ekanini ko‘rsa, po‘lat uzuk haqidagilarga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, agar barmog‘ida po‘lat uzukni ko‘rsa, kuchli va qudratli bo‘lishiga dalildir. Agar bronza yoki misdan ekanini ko‘rsa, tagipast odamlardan foyda topishiga dalildir. Agar uzutini billurdan ekanini ko‘rsa, oddiy ommadan biror narsa topishiga dalildir. Agar uzugini kumushdan ekanini ko‘rsa, biror yerdan unga narsa yetishiga dalildir. Agar o‘z uzugini birovning qo‘liga omonat topshirsa yoki hadya qilib yuborsa va u kishi uzugini qaytarib bersa, biror xotinni ni? kohiga olmoqchi bo‘lgani va bu hoxishni ijobat qilinmasligini va unga bu xotinni bermasliklariga dalildir. Agar o‘z uzugini sindirib qo‘yganini ko‘rsa, o‘zi bilan xotini orasida judolik yuz berishiga dalildir. Agar uzukning ikki ko‘zli ekanini ko‘rsa va ikki ko‘zidan bittasi tushib ketganini ko‘rsa, ikkita gunoh qilib, bittasiga tavba qilishiga dalildir. Agar xat yozganini ko‘rsa va xatga o‘z uzugi bilan muhr bossa, pinhoniy narsadan unga biror nasiba yetishiga dalildir. Agar ochiq turgan xatga muhr bossa, yashirin bo‘lmagan biror narsa unga yetishiga dalil bo‘ladi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushdagi kumush uzuk to‘rt narsani bildiradi: mamlakatni; xotinni; farzandni; molni.
Oltin uzuk yaxshilikka dalildir. Agar ayol kishi ko‘zli uzugini yo‘qotib qo‘yganini ko‘rsa, uning obro‘-e’tibori ketishiga, balki farzandi o‘lishiga yoxud moli taron-taroj bo‘lishiga dalil bo‘ladi. Ko‘zli uzugini yo‘qotgan kishi hokim bo‘lsa, hokimlikdan tushadi. Agar buni ayol ko‘rsa, eri yoki farzandi o‘ladi.