Tushda shalvar, shim, ishton | Тушда шалвар, шим, иштон

💡 Xatchop ga qo'shish uchun kerakli so'z ustiga bosib turing.
Belgilangan joylar:
Ulashish

Audio tayyorlanmoqda...

SHALVAR, SHIM, ISHTON (SHALVOR) Tushdagi shalvor ajamlik ayol yoki pasthimmat ayolni bildiradi. Agar tushida shalvor sotib olganini ko‘rsa, ajamlik kanizak sotib olishiga dalildir. Agar shalvori ichida ilon yoki chayon borligini ko‘rsa, dushmani uning ayoli bilan buzuqchilik qilishiga dalildir. Agar tushida unga shalvor sovg‘a qilganlarini ko‘rsa, unga xodim in’om qilishlariga dalildir. Agar tushida kir shalvari borligini ko‘rsa, bu azobni bildiradi. Alloh ta’olo aytadi: Kiyimlari qatrondan bo‘lur, ularning yuzlarini olov o‘rab olur (Ibrohim surasi, 50-oyat). Agar erkak kishi qizil shalvori borligini ko‘rsa, behurmat bo‘lishiga dalildir. Agar sariq bo‘lsa, bemor bo‘ladi. Rangin shalvor ayollar uchun yaxshi bo‘ladi. Agar shalvorini yo‘qotib qo‘yganini ko‘rsa, kanizagi yoki xodim qochishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi shalvor uch narsani bildiradi: xotinni; kanizakni; xizmatkorni.

You may also like...

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan