Tushda shisha qadah | Тушда шиша кадах
SHISHA QADAH (OBGINA) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, tushdagi shisha qadah xotin bo‘ladi. Agar shisha qadahda suv ichayotganini ko‘rsa, xotin olishi va mol topishiga dalildir.
Agar biror kishiga qadaxda sharob berayotganligini ko‘rsa, har xil odamlardan xotin tilayotganligidan dalildir.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, oq qadahga ega bo‘lganligini va unga o‘z nomining yozilganligini ko‘rsa, diniy va dunyoviy davlat topishiga va hojatlari ravo bo‘lishiga dalildir. O‘sha qadahga podshohning nomi yozilganini ko‘rsa, bordi-yu tush ko‘ruvchi podshoh bo‘lsa, ajali yaqin qolganligiga dalildir, agar podshoh bo‘lmasa, qadahning katta-kichikligi mikdoriga qarab nimadandir shodlik topadi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, qadahga ega ekanligini, biroq qo‘lidan tushib, sinib ketganligini ko‘rsa, xotinini taloq qilishiga, agar xotini bo‘lmasa, qarindoshlaridan birining xotini dunyodan o‘tishiga dalildir.
Bilginki, qadah yasovchi ishboshqaruvchiga o‘xshashdir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, qadah yasovchi kishi ayollarning ishlarini amalga oshiruvchi va doimo ularning masalalari bilan igug‘ullanuvchi kishiga dalildir.