Tushda o’ldirmoq, zulm | Тушда улдирмок, зулм
O‘LDIRMOQ (KO‘SHTAN) — Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida biror kishini boshini olmagan holda o‘ldirganini ko‘rsa, bir boy odamdan xayru manfaat ko‘rishiga dalildir. Boshqa ta’birchilarning aytishicha, o‘ldiruvchi, o‘ldirilganga zulm qilishni ko‘zlaganiga dalildir. Tushida o‘zini o‘ldirganlarini ko‘rsa, umri uzoq bo‘lishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida kimdir uni o‘ldirganini ko‘rsa, xayru manfaat topadi. Tushida bir guruh odamlarni zulm bilan o‘ldirganlarini ko‘rsa, ularning umri uzoq bo‘lib, podshoxdan foyda va yaxshilik ko‘rishlariga dalildir.
Agar tushida birovni zulm bilan o‘ldirganini ko‘rsa, osiy va zolim bo‘lishiga dalildir va Haq subhonahu va ta’olo unga ranj berish uchun bir kishini yuboradi.
Agar tushida birovni o‘ldirganini va qon uning badanidan ravon bo‘lganini ko‘rsa, uning mikdoricha baylik topishiga dalildir. Agar o‘z badanini qancha bo‘yalganini ko‘rsa, o‘z molidan birovga biroz berishini bildiradi. Agar o‘z badanidan qon ketayotganini ko‘rsa, o‘ldiruvchining dini barbod bo‘lishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushida xachirni yoki chaquvchi jonivorlardan birini o‘ldirganini ko‘rsa, dushmani ustidan zafar topishiga dalildir yoki pgu jinsga mansub bo‘lgan
biror kishi ustidan g‘olib bo‘ladi. Tushdagi qonga bo‘yalgan qotil g‘addor va adolatsiz kishidir.