Tushda qaldirg’och | Тушда калдиргоч

💡 Xatchop ga qo'shish uchun kerakli so'z ustiga bosib turing.
Belgilangan joylar:
Ulashish

Audio tayyorlanmoqda...

QALDIRG‘OCH (PARASTU) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar bir kishi qaldirg‘ochi borligini yoki kimdir qaldirg‘och berganini ko‘rsa, ayrilishib ketgan kishisi bilan qayta topishishini bildiradi. Agar tushida qaldirg‘ochni o‘ldirganini yoki qo‘lidan tashlab yuborganini ko‘rsa, ulfat bo‘lgan kishisidan uzoqlik va judolik qidirishini bildiradi.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qaldirg‘och kuchli va akdli kishini bildiradi. Agar tushida moda qaldirg‘ochni ko‘rsa, aqlli va kuchli ayolni ko‘radi. Agar qo‘lidan qaldirg‘ochni uchib ketganini ko‘rsa, qudratli bir kishidan judo bo‘lishiga dalildir. Agar qo‘lida qaldirg‘ochning o‘lib qolganini ko‘rsa, yori o‘lishiga va qayg‘u kulfatda qolishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, agar qaldirg‘ochni tutib olganini ko‘rsa, g‘am-darddan shodlikka yetishishi, qo‘rqinch va vahimadan omonlik topishiga dalildir.

You may also like...

1 ta fikr

  1. Sabonaxon izohi:

    Super

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan