Tushda quduq | Тушда кудук
QUDUQ (CHOH) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi quduq ta’birda xotinni bildiradi. Agar tushida biror yerda quduq qaziyotganini ko‘rsa, xotin olishiga dalildir. Agar birovga quduq qazishda yordam berayotgan bo‘lsa, ayol bilan erkak orasida vositachi sifatida bir kishi bo‘lib, u makru hiyla bilan ayolni o‘sha kishiga berishni xohlaydi. Chunki quduq qazimoq makru hiylani bildiradi. Misolda aytiladiki, falonchiga choh qazidi desa, unga yomonlik va hiyla qilmoqchi, deganini bildiradi.
Quduq suvi ayolning molu davlatini bildiradi. Agar har kim quduqdan suv ichayotganini ko‘rsa, ayolning molu davlatidan yeyishiga dalildir. Agar pishiq g‘iigglar bilan ko‘tarilgan birorta qudukdan suv ichayotganini ko‘rsa, bu ham ayol kishining boyligiga dalildir. Har kim tushida quduq qaziganini va undan suv chiqmaganini ko‘rsa, kambag‘al xotin olishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, agar mazasi shirin bo‘lgan quduq suvidan ichganini ko‘rsa, ayolning molini unga yoqmagan holda olib yeyipnna dalildir. Agar quduqning issiq suvidan ichayotganini ko‘rsa, ayolning moli tufayli jafo topishiga dalil bo‘ladi. Ba’zi ta’birchilarning so‘zlaricha, bemor bo‘ladi. Agar quduq suvini muzdek va shirin ko‘rsa, xotindan xayru manfaat topishiga dalildir. Agar quduqda suv ko‘p ekanligini ko‘rsa, ayolning oliyhimmat va saxiy ekanligiga, qudukda suv oz ekanini ko‘rsa, pastkash va yaramas ayolga dalildir. Agar quduq qazisa, tezda suv chiqsa, ayol bemor bo‘lishi va o‘z molini bemorlikda yeb bitirishiga dalildir. Agar qudukdan qora yoki ko‘k suv chiqsa, g‘amu anduh yetishiga, quduqdan oq suv chiqqanini ko‘rsa, meros topishiga dalil bo‘ladi. Agar suv quduq qa’riga kirib ketib, hech narsa qolmasa, xotinining o‘lishi va molining talon-taroj bo‘lishiga dalildir. Quduqning yer ostiga ko‘chib kirib ketishi ham ayolning halok bo‘lishiga dalil bo‘ladi.
Kirmoniy (r.a.) aytadiki, agar kishi tushida suv olish uchun quduqqa chelak tashlaganini, biroq arqon uzilib, chelak quduqqa tushib ketganini ko‘rsa, chala farzand tug‘ilishiga dalildir.
HIKOYaT. Xabarda kelishicha, bir kishi Abdulloh ibn Abbosdan: Tushimda quduqqa suv olish uchun chelak tashlaganimni ko‘rdim, biroq arqon ikkiga bo‘linib, bittasini tortib oldim, ikkinchisi quduqda qoldi, — deb ta’birini so‘radi. Abdulloh dedi: Sen ayolingdan uzokda eding. Ayoling olti oylik farzand turdi va uni dafn qildilar. Xaligi kishi: Men bu so‘zdan taajjubga tushdim, — dedi.
Doniyol (a.s.) aytadilarki, har kim tushida ma’lum bir joyda quduq qaziyotganini ko‘rsa, o‘z yaqinlariga makru hiyla qilishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, choh qazimoq va suv chiqarmoq nikoh hukmiga egadir. Agar birov uchun quduq qaziyotganini ko‘rsa, birovning nikohi uchun vositachi bo‘lishini bildiradi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, agar quduqdan suv olayotganini ko‘rsa, makru hiyla bilan boylik to‘plashiga dalildir, xususan bu quduqni o‘zi kavlagan bo‘lsa. Agar qudukdan chelakka suv olib, ko‘zaga quyayotganini ko‘rsa, o‘z molini yaxshilab saqlashiga dalildir. Agar qudukdan suv olib, yerga qo‘yayotganini ko‘rsa, molini nafaqa qilishini bildiradi. Agar quduqqa yiqilib ketganini ko‘rsa, makru hiylaga duchor bo‘lishini bildiradi. Agar bog‘ni sug‘orayotganini ko‘rsa, to‘plagan moliga xotin olishi yoki kanizak xarid qilishini bildiradi. Agar o‘sha bog‘da mevalar borligini ko‘rsa, xotini farzand tug‘ishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, boqqa suv berayotganini ko‘rsa, o‘z xotini bilan yaqinlik qilishini bildiradi. Agar suv quduq qirg‘og‘iga to‘lib chiqib, oqib ketayotganini ko‘rsa, boshqa xotinga uylanishi va undan molu ne’mat topishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushda quduq ko‘rmoq olti narsani bildiradi: xotinni; kanizakni; olimni; boyni; aldovni; makru hiylani.
Quduq kavlovchi makru hiyla bo‘ladi.