Tushda quyosh | Тушда куёш
QUYOSh (OFTOB) Doniyol (a.s.)ning aytishlaricha, quyosh tushda podshoh yoki ulug‘ xalifa bo‘ladi. Quyoshning osmondan olayotganini ko‘rsa, podshohlik va ulug‘lik topadi yoki podshohning do‘sti yoki yaqiniga aylanadi. Agar quyoshga aylanib qolganini ko‘rsa, podshoh bo‘lishiga dalildir, biroq uning ravshanlik miqdoriga bog‘liq, podshohlikka loyiq bo‘lmasa, demak o‘z qadru martabasi doirasida ulug‘lik va shon-shavkatga yetishadi. Quyosh bilan jang qilayotganini ko‘rsa, podshoh u bilan urush va janjal qiladi. Quyosh o‘rniga oy joylashib olganini ko‘rsa, podshoh bo‘lishi, mamlakat uning qo‘lida qaror topishiga dalil bo‘ladi.
Quyosh nurini yig‘ib olsa, ulug‘ podshoh mulkini oladi. Quyoshni tutib olsa, biroq osmonda bo‘lmasa, nur va ravshanlik bo‘lmasa, biroq qora va xira ham bo‘lmasa, demak g‘amlardan ozod bo‘lishiga dalolat qiladi. Quyoshni xira va benur ko‘rsa, yana u o‘z joyida ham bo‘lmasa, podshoh ishlarda unga muhtoj bo‘ladi.
Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, quyosh tushda ulug‘ podshoh, Oy uning vaziri, Zuhra podshohning xotini, Utorud podshoh dabiri, Mirrix podshohning pahlavoni, yulduzlar esa uning askarlaridir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, Quyosh tushda — ota, Oy esa — ona, boshqa yulduzlar esa — farzanlaridir. Chunonchi, Xaq ta’olo Qissai Yusufda aytadi: Eslang, Yu suf (o‘z) otasi (Ya’qub)ga dedi: Ey, otajon! Men (tushimda) o‘n bitta yulduz, quyosh va oyning menga sajda qilgan hollarida ko‘rdim (Yusuf surasi, 4-oyat). Quyosh va Oydagi har bir nuqson yo ziyodalik ota-ona va aka-ukalarga taalluqlidir.
Quyoshning ravshan va pokiza chiqqanini va uning uyiga nur sochganing ko‘rsa, o‘z qarindoshlaridan xotin olishiga dalildir.
Agar bulut yo boshqa narsalar quyoshni to‘sib qo‘yganini ko‘rsa, podshoh zarar topishiga, ahvoli yomon bo‘lishiga dalildir. Quyoshning xiralikdan ravshanlikka chiqqanini ko‘rsa, podshoh bemor bo‘lishiga dalildir, lekin tez tuzaladi. Agar quyosh chetida arqon va ip osilib turganini va o‘sha ipga osilayotganini ko‘rsa, podshohdan unga madad va kuch yetishiga, agar ip uzilib, o‘zi yiqilib ketganini ko‘rsa, ulug‘lik va martabasidan tushishiga da-
lolat qiladi. Agar Quyosh yo Oyga sajda qilayotganini ko‘rsa, unda gunoh yoki xato sodir bo‘ladi. Quyosh, Oy va boshqa yulduzlarning bir yerga to‘planganini va ularning nurini olganini ko‘rsa, jumla jahon podshohligini olishiga yoki jumla jahon podshohlari unga mute bo‘lishiga dalildir. Agar Quyosh, Oy va barcha yulduzlarni olganini, biroq ular nursiz va xira ekanini ko‘rsa, tush ko‘ruvchining xalok bo‘lishiga (xususan, u zolim va sitamgar bo‘lsa) dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, Quyosh o‘rtasida qora dog‘ ko‘rsa, podshohning mulk uchun dili mashg‘ul ekaniga dalildir. Agar ikkita quyosh o‘zaro jang qilayotganini ko‘rsa, ikki podshoh orasiga jang va xusumat tushishiga dalildir. Quyoshning yerga tushganini va unda nur yo‘qligini ko‘rsa, o‘sha diyor podshohi ishdan ketadi va mamlakatdan bebahra qoladi. Quyoshni qo‘lida tutib turganini va u qora ekanini ko‘rsa, podshohga katta g‘am yetadi va bu g‘amdan unga ham tegadi. Quyoshning birorta teshikka kirib, ko‘zga ko‘rinmay ketganini ko‘rsa, podshohning bu dunyodan ketishiga va ommai xalqqa esa g‘am yetishiga dalildir. Agar bulut Quyosh va yulduzlarni to‘sib qo‘yganini ko‘rsa, podshoh va uning lashkari dushmandan zarba yeyishiga dalildir. Quyoshga topinayotganini ko‘rsa, ulug‘ podshohga yaqin bo‘lishiga dalolat qiladi.
Ismoil Apgas (r.a.) aytadi: Birov falakka minsa, avval yuzini Quyoshga qaratib, so‘ng undan yuz o‘girsa, u avval kofir bo‘lib, so‘ng musulmonga aylanadi, oqibat kofir bo‘ladi. Quyosh bilan gaplashganini ko‘rsa, podshohdan ulug‘lik, shavkatlilik va hashamat topadi.
Hazrati Sodiq (r.a.)ning aytishlaricha, Quyoshni ko‘rish sakkiz narsaga dalolat qiladi: xalifaga; ulug‘ sultonga; raisga; ulug‘ amaldorga; podshoh adolatiga; xalq manfaatiga; erkak uchun xotinga, xotin uchun erkakka; yaxshi va soz ishga. Yana uning aytishicha, kimki Quyoshga sajda qilsa, sulton uni ardoqlashiga, o‘ziga yaqin qilishiga, ishlari yuqorilashiga dadil bo‘ladi.