Tushda quloq | Тушда кулок

Telegram gruppa boshqaruvi

QULOQ (GO‘SH) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida qulog‘i tushib qolganini yoki kesib tashlanganini ko‘rsa, xotiniga taloq berishi yoki qizining o‘lishi yoxud bir-birlaridan judo bo‘lishlariga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, ajali yaqin qolganini bildiradi. Tushida kar bo‘lib qolganini va hech narsa eshitmayotganini ko‘rsa, din va diyonatining buzilishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda quloqni ko‘rish sakkiz narsaga dalildir: ayolga; yaxshilikka; do‘stga; ketishga; o‘g‘ilga; g‘ulomga; molga; ko‘rquv va xavfga.

Ibn Sirin yana bir tabirida: Tushda quloq ko‘rish kishining xotini yoki qizi bo‘lib, unda nima hodisa bo‘lsa ushbu ikkisida bo‘ladi.
An-Nobulsiyning ta’biri: quloq eshitish va anglash joyi bo‘lib, tushda u bola, mol va mansabga dalolat qiladi. Shuningdek, ko‘pincha ilm, aql, din hamda insonning ziynati bo‘lmish uning oila a’zolari va qarindoshlariga dalolat qiladi. Quloq eshituvchi bo‘lib, kim uni chiroyli yoki undan nur chiqib yoki kirib turgan holda tush ko‘rsa, bu uning hidoyatiga, Allohga itoat etishiga va Allohning amrini qabul qilishiga dalolatdir. Agar qulog‘i kesik bo‘lib, undan badbo‘y hid chiqib yoki kirib turganini ko‘rsa, bu Alloh taolodan uzoq qiladigan narsaning oldida turishiga dalolatdir. Tushda quloqning kesilishi yoki yo‘qolib qolishi biron fasodga dalildir. Quloqlarining ko‘p bo‘lishi turli ilmlarning fanlariga dalolat qiladi yoki u odam bir holatda sobit turmaydi. Agar qulog‘i biron hayvonning qulog‘iga aylanib qolsa, mansabidan ajrab hurmati pasayadi yoki zehnining past bo‘lishi. Agar ikki barmoqlarini quloqlariga tiqqan holda ko‘rsa, bid’atchi bo‘lib o‘lishiga ishoradir. Aytishlaricha, tushida ko‘p quloqlari bo‘lsa, bu odam haqdan yuz o‘girib uni qabul qilmaydi.

 



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *