Tushda Qur’on o’qish | Тушда куръон укиш

QUR’ON O‘QISH (QUR’ON XONDAN) Tushda Qur’on o‘qish hokimga dalildir. Agar tushda rahmat oyatini o‘qiganini ko‘rsa, Haq ta’olodan bashorat bo‘lib, tush ko‘ruvchi yaxshiliklar qilishi va Haq ta’olo shukrini joyiga qo‘yishi kerak. Agar tushida azob oyatini o‘qiyotganini ko‘rsa, Xudoyi ta’oloning g‘azabida bo‘lishiga dalildir, tavba qilish Haq ta’olo yo‘liga qaytish lozim. Agar qissa va misollar haqidagi oyatlarini o‘kiganini ko‘rsa, ma’siyatga yo‘l qo‘yishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida Qur’onning yarmini o‘qiganini ko‘rsa, umrining yarmi o‘tganiga dalildir. Agar tushida hofizi Qur’on (qori) bo‘lganini ko‘rsa, omonatni sakdovchi bo‘lishiga dalildir. Agar tushida o‘qilayotgan Qur’on ovozini eshitganini ko‘rsa, din yo‘lidagi ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir.
Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, Qur’onni to‘liq o‘qib chiqqanini ko‘rsa, murod topishiga, ba’zi ta’birchilar bo‘yicha, umri oxiriga yetganiga dalildir. Agar Qur’onni baland ovozda o‘qiyotganini ko‘rsa, ishlari yuqorilashi va odamlar orasida mashhur bo‘lishiga dalildir. Agar tushida qaysi oyatni o‘qiganini yodida qolgan bo‘lsa, shu oyat tafsiri ta’bir bo‘ladi.
Ismoil Ash’as (r.a.)ning aytishicha, tushida Qur’onning to‘rtdan birini o‘qiganini ko‘rsa, ishlari yaxshi bo‘lishiga dalildir. Agar tushida A’rof surasidan to Maryam surasigacha o‘qiganini ko‘rsa, odamlar orasida mashhur bo‘lishiga dalildir. Agar Zumar surasidan to Nos surasigacha o‘qiganini ko‘rsa, barcha hojatlari yuzaga chiqishiga dalildir. Agar uch pora Qur’onni to‘liq o‘qiganini ko‘rsa, yil va oylar unga muborak bo‘lishiga dalildir. Agar haftiyakni to‘liq o‘qiganini ko‘rsa, g‘am va anduhdan qutilishiga dalildir. Agar Qur’on o‘qishni bilmasada, biroq tushida Qur’on o‘qiyotganini ko‘rsa, ajali yaqinlashib qolganiga dalildir. Agar tushida yalang‘och holda Qur’on o‘qiyotganini ko‘rsa, e’tiqodiga nuqson yetganiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushda Qur’on o‘qish to‘rt narsani bildiradi: ofatlardan salomat bo‘lishini; kambag‘allikdan so‘ng boy bo‘lishni; dildagi murod va maqsadiga yetishni; ogohlik va parhezgarlikni buyurish.



Пример HTML-страницы

Вам может также понравиться...

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *