Tushda qo’l va yuzni yuvmoq | Тушда кул ва юзни ювмок
QO‘L VA YUZNI YUVMOQ (DASTU RO‘Y SHO‘STAN) Ibn Si-rin (r.a.) aytadiki, tushida qo‘l va yuzini tiniq suv bilan yu vganini ko‘rsa, g‘amdan qutilishiga, agar bemor bo‘lsa, shifo topishiga, qarzdor bo‘lsa, qarzdan qutilishiga dalildir. Tushida qo‘lu yuzini yuvmay namoz o‘qiyotganini ko‘rsa, dinining zaif bo‘lishiga va qo‘lidagi molining ketishiga dalildir.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushida ikki qo‘li bilan yuzlarini yuvayotganini ko‘rsa, do‘stlaridan yordam so‘rashiga dalildir. Tushida qo‘lu yuzlarini yuvayotganda yel kelib, tahoratini sindirganini ko‘rsa, kasbu korida bechora bo‘lishiga dalildir. Agar yel kelib, boshqatdan yuzu qo‘lini yuvgani va namoz o‘qiyotganini, biroq namozni tugatolmay qolganini ko‘rsa, umri oxiriga yetganini bildiradi.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushida birov uning yuzu qo‘llarini yuvayotganini va u oxirigacha chidab turganini ko‘rsa, murodi hosil bo‘lishiga dalildir.