Tushda g’o’r uzum | Тушда гур узум
G‘O‘R UZUM (G‘O‘RA) Tushida g‘o‘r uzum yeyayotganini va bu o‘z vaqtida ekanini ko‘rsa, mashaqqat bilan mol hosil qilishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushda g‘o‘r uzum yeganini ko‘rsa, g‘amgin bo‘lishiga dalildir. Agar tushida g‘o‘r uzum sotganini va undan o‘zi yemaganini ko‘rsa, unga hech qanday g‘am yetmaydi. Agar tushida g‘o‘r uzumni go‘sht bilan pishganini ko‘rsa, unga hech qanday zarar yetmasligini va ta’biri yaxshi bo‘lishini bildiradi.
Vallohu a’lam. (Alloh bilimdonrokdir).