Tushda haj qilmoq | Тушда хаж килмок
HAJ QILMOQ (HAJ GUZORDAN) Ibn Sirin (r.a.) aygadiki, har kim tushida Hajga borganini ko‘rsa, Alloh ta’olo unga Haj qilishni nasib qiladi. Agar bemor bu tushni ko‘rsa, shifo topadi, qarzdor qarzidan uziladi, musofir bo‘lsa safa-
ridan o‘z uyiga salomat qaytadi. Agar Haj qilganini va Haj undan soqit bo‘lganini ko‘rsa, umri uzoq, ishlari tartibli bo‘lishiga dalildir.
Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, har kim Hajga borganini va Haramda Labbayka. . .ni aytayotganini ko‘rsa, uninguchun qo‘rquv va vahima yuz berishiga dalildir. Agar tushida Haj unga vojib bo‘lganini, lekin Hajga borishga qasd qilmayotganini ko‘rsa, biror ishda xiyonat qilishiga dalildir. Agar Arafa kunini tush ko‘rsa, biror kishi bilan sulh qilishiga dalildir. Agar xonai Ka’bada namoz o‘qiyotganini ko‘rsa, ulug‘lardan foyda topishiga va ishlari tartibga tushishiga dalildir.
Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushida Haj qilmoq yetti narsani bildiradi: uylanmoqni; kanizak sotib olmoqni; adolatparvar podshohni ziyorat qilmoqni; yaxshilikni; xayrli ishlarga say’yu harakat qilmoqni; savob ishlarga mukofot topmoqni; ahli ilm suhbatiga yetishmoqni.