Tushda hayvonlar | Тушда хайвонлар
HAYVONLAR (CHAHORPOY) — Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, har kim tushida hayvonni tutib olsa, bu hayvon unga mute va farmonbardor bo‘lsa, o‘sha tutib olgan hayvonning qimmatiga qarab, bir sahroyi kishidan foyda topishiga dalildir. Agar tushida yovvoyi hayvonlar podasi uning huzurida turgan bo‘lsa va hammasi unga farmonbardor bo‘lsa, ma’vo va maskani biyobonda bo‘lgan odamlar guruhi unga mute bo‘lishlariga dalildir.
Agar yovvoyi hayvonlarga egilayotganini va tiz cho‘kayotganini ko‘rsa, dono odamlarga xizmat qilishini bildiradi.
Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, har kim o‘zining hayvonga aylanib qolganini ko‘rsa, aqldan nuqson topishiga dalildir, Agar hayvonlar o‘zi bilan so‘zlashayotganini ko‘rsa, ulug‘lik topishiga dalil bo‘ladi. Agar hayvon go‘sht yeyayotganini ko‘rsa, o‘sha go‘sht mikdoriga muvofiq mol topishiga dalildir.