Tushda botirlik | Тушда ботирлик
BOTIRLIK (YAL) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, podshoh tushida botir ekanini ko‘rsa, podshohlikda quvvat va shavkat topadi. Agar olim tushida haqiqiy fozil va bahslarda yagona ekanini ko‘rsa, dushman ustidan g‘olib bo‘lishini bildiradi.
Agar savdogar odam tushida qo‘rqmas ekanini ko‘rsa, tijoratda ko‘p mol topishiga dalildir. Tushida birov bilan kurashganini va g‘olib bo‘lganini ko‘rsa, dushmanni yengishiga dalildir. Agar dushman uning ustidan g‘olib kelsa, ta’biri aksincha bo‘ladi.
Agar ayol kishi bilan kurashganini va ayol g‘olib kelganini ko‘rsa, ahvoli yomon bo‘lib, xorlik tortishiga dalildir.